

"Bo'lajak o'yin juda muhim ahamiyatga ega va biz bunga to'liq tayyormiz. Muxlislarga g'alaba orqali hayit sovg'asini taqdim etishni niyat qilganmiz. Oldimizda qiyin sinovlar kutib turganini anglab turibmiz, biroq bu engib bo'lmas to'siq emas, ayniqsa, jamoaga jamoa va o'yinchilarni yaxshi biladigan Kosmin murabbiylik qilayotgan bo'lsa. Biz muvaffaqiyatli natijaga erishishni istaymiz", dedi 37 yoshli posbon.
Eslatib o'tamiz, BAA – O'zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni bo'lib o'tadi.



