Aleksis Sanches: "MYUdagi birinchi mashg'ulotimdan so'ng shartnomani bekor qilmoqchi bo'lganman"

Alisher
4 sen 2020, 12:24
"Inter" hujumchisi Aleksis Sanches ilk mashg'ulotdan so'ng "Manchester Yunayted" bilan shartnomani bekor qilishni xohlaganini aytdi.

"Birinchi mashg'ulotdan so'ng men ko'p narsani tushundim. Uyga keldim, oilam va menejerimdan shartnomani bekor qilib "Arsenal"ga qaytishim mumkinmi deya so'radim. Nimadir menga to'g'ri kelmadi, ammo MYU bilan shartnoma imzolab bo'lgandim.

Oylar o'tdi, men hali ham shuni his qilayotgan edim. Bu vaqt davomida biz bir jamoa bo'la olmadik. Jurnalistlar va sobiq o'yinchilar vaziyatni tushunmay turib mulohazalar qilishdi va bu menga ta’sir qildi.

Biz oila bo'lmaganmiz va bu maydonda aks etgan. Agar kimnidir ayblash kerak bo'lsa, meni ayblashgan. Men doim o'zimni ayblayman va bundan ham yaxshiroq o'ynashim mumkin edi deyman. Ammo, meni doim ayblashardi, hatto bir necha daqiqa o'ynagan bo'lsam ham", - deydi Sanches.

31 yoshli chililik futbolchi "Inter" bilan 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal