Aleksandr Mochinov: "Ilk turlardayoq kuchlilar bilan o'ynash qiziqarli"

Narzulla Saydullayev
18 dek 2014, 09:00
2015 yilgi oliy liga bahslariga qur'a tashlangach, "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Mochinovning fikrlari bilan qiziqdik.
- To'g'risini aytsam, qur'a "Buxoro" uchun bir muncha qiyin taqvimni taqdim etdi. Lekin dastlabki to'rtta turning uchtasini "Bunyodkor", "Paxtakor" va "Nasaf"ga qarshi o'tkazishimiz rejamizga o'zgartirish kiritmaydi. Aksincha, bu raqiblar bilan chempionat boshidayoq o'ynashning yaxshi tomonlari ham bor. Chunki u paytda deyarli hamma jamoaning holati bir xil bo'ladi. 6-7 turlarga kelib kuchlilar ilgarilab ketishi mumkin.

Lekin chempionat startida hammaning imkoniyati teng bo'ladi. Yana bir narsa. Kuchli jamoalar bilan mavsum boshida o'ynaymiz deb, tarkibni shunga qarab kuchaytirmoqchi emasman. Mening avvaldan tuzib qo'ygan rejam o'sha-o'shaligicha qoladi, - deydi Aleksandr Mochinov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia