Aleksandr Ejov: “Ketma-ket mag'lubiyatlar jamoamiz futbolchilariga ta’sir qildi”

Narzulla Saydullayev
13 sen 2018, 12:52
Pro-liga 25-turidan o'rin olgan “Istiqlol” - “Xorazm” (5:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Barcha ko'rib guvoh bo'ldi, biz birinchi bo'limda kuchliroq o'yin ko'rsatdik, to'pni 60-70% darajada o'z nazoratimizga oldik. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik, umuman aytganda bizdan omad yuz o'girdi. Ketma-ket 3 turdan beri mag'lubiyatga uchradik, bu jamoamiz futbolchilarini ruhiyatiga ta’sir qilgani bugun yaqqol sezildi.Bugungi mag'lubiyatda barcha aybni o'z zimmamga olaman, sababi jamoani etarlicha ruhiy tomondan tayyorlay olmadim shekilli. “Istiqlol” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman, keyingi uchrashuvlarda omad! Tarkibimizda iqtidorli futbolchilar ko'p, biz hali o'z ustimizda ishlaymiz, nasib etsa keyingi uchrashuvlarda g'alab qozonib, jamoamiz muxlislarini xursand qilamiz degan umiddaman.  

Bekzod Tolibov yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia