Alekcandr Xomyakov: “Bugun bizga ko'p narsalar yetishmadi”

1 iyul 2015, 23:32
“Nasaf” – “Mashal” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.
-Bugun futbolchilarimizga jangovar ruh yetishmadi. Umuman bizga bugun ko'p narsa yetishmadi. O'ylagan rejalarimiz amalga oshmay qoldi. Oxirgi to'rt o'yinda “klinch” holatida qolgan bokschiga o'xshab qolganmiz. Tezroq “gong” chalinib, tezroq tanaffusga chiqishimiz kerak. Davralar oralig'idagi tanaffus bizga yordam bersa kerak. Tanaffusda xatolarimizni batafsil tahlil qilamiz. Yaxshi ot keyin chopadi, degan naql bor. Biz bilan shu maqolning aksi bo'layapti hozir.

Manba: fcnasaf.uz