

"Unda bunday imkoniyat bor. U Osiyoning eng yaxshi yosh o'yinchisi va bu ham nimadandir so'zlaydi. Yosh, istiqboli yaxshi, o'tgan mavsumda ham, joriy mavsumda ham o'z darajasini ko'rsatib kelmoqda. Xo'sh, nega "Monako" unga qiziqmasligi kerak? Bu Fransiyadagi birinchi yoki ikkinchi klub emas, lekin doimiy ravishda Chempionlar Ligasida qatnashadi. Shunday ekan, bunday o'tish istiqbollari mavjud", – dedi Aldonin.

21 yoshli Fayzullayev ushbu mavsum "qizil-ko'klar" safida 22 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning SSKA bilan kelishuvi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
"Real Sosedad" matbuot kotibi Fayzullayevga bo'lgan qiziqish haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi



