Alabaning xizmatlari “Real”ga taklif etildi

Eldor Akmurzayev
1 noya 2020, 20:01
“Bavariya” himoyachisi David Alaba faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

28 yoshli avstriyalikning xizmatlari “Real”ga taklif etildi.

Alabaning agenti Pini Zaxavi madridliklar bilan ilk muzokaralarni o'tkazgani aytilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, “Bavariya” rahbariyati David bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti.

Avvalroq, Alaba “Yuventus” yoki “Man Siti”da o'tishi haqida gap-so'zlar tarqalgandi. 

O'xshash yangiliklar

Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: TodoFichajes