Alaba: "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirish haqida hali o'ylab ko'rmadim"

Tolibjon Qosimov
19 sen 2013, 19:00
"Bavariya" chap qanot himoyachisi David Alaba faoliyatini aynan shu yerda davom ettirishdan xursand bo'lishi, biroq hali shartnomasini uzaytirish haqida o'ylab ko'rmaganini ta'kidladi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2015 yilning yozida nihoyasiga etadi.

"Men muzokara olib boradigan birinchi klubim aynan "Bavariya" bo'ladi. Qolganlarni keyin ko'rib chiqamiz. Bu yerda o'yimni qanday yaxshi his qilayotganimni hamma biladi. Biroq "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirish haqida hali o'ylab ko'rmadim", dedi futbolchi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com