"Al-Sadd" Xavini "Barselona"ga tekinga qo'yib yubormoqchi emas

Omonjon To`xtamirzayev
5 noya 2021, 01:19
Xavining "Barselona" bosh murabbiyi bo'lishi hozircha aniq emas, savol ochiqligicha qolmoqda.

"Marca" nashrining yozishicha, "Al-Sadd" Xavi uchun ma'lum miqdorda pul olishni ko'zlab turibdi. Vaholanki, dastlab klub uni tekinga qo'yib yuborishi haqida ma'lumot paydo bo'lgandi.

Payshanba kuni tomonlar o'rtasida bir nechta uchrashuv bo'lib o'tdi, ammo hozirga kelib "Barsa" Xavi uchun tovon puli yoki uning bir qismini to'lab berishga majbur bo'ladigandek holatda. 

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga qaraganda, kompensaciya summasi umumiy hisobda 5 million evro. Juma kuni tomonlar yana muzokaraga kirishadi va masala batamom hal bo'lishi kutilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru