

Qayd etilishicha, tomonlar o'zaro kelishuvga ko'ra xayrlashgan. “A Nassr” rahbarlari francuz mutaxassisiga klubdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.
Rudi Garsiya o'tgan yozdan beri “Al Nassr”ni boshqarib kelayotgandi. Mutaxassis qo'l ostidagi 26 uchrashuvda jamoa 18 g'alaba, 5 durang va 3 mag'lubiyat qayd etgan.
Jamoani endilikda arablarning U-19 klubi ustozi Dinko Yelichich boshqaradi.
Eslatib o'tamiz, mavsum o'rtasida portugaliya hujumchi Krishtianu Ronaldu "Al Nassr" safiga kelib qo'shilgandi. Jamoa hozirda Saudiya Arabistoni ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. “Al Nassr” esa “Al Ittihod”dan 3 ochko ortda qolmoqda.



