"Al-Nassr" Azar bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher Ostonov
7 yanv 2023, 01:16
"Al-Nassr" Eden Azar bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.

Azar bilan "Lill"da birga ishlagan "Al-Nassr" murabbiyi Rudi Garsiya "Real"ning belgiyalik xavbeki bilan bog'landi va uni kelasi yozda o'z jamoasiga jalb qilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Al-Nassr" yaqinda Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzoladi. Klubning shuningdek Ngolo Kante va Serxio Ramosga qiziqayotgani aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Foot Mercato