"Al Faysali" bosh murabbiyi: "Guruhdan chiqishni istasak, g'alabadan boshqa yo'limiz yo'q"

Narzulla Saydullayev
26 noya 2023, 20:34
OCHLning 5-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi o'yin olidan "Al Faysali" bosh murabbiyi Ahmad Xayel fikrlarini bildirdi.


- O'yin haqida


- Ertangi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Bizda hozir hammasi yaxshi va ertangi o'yinda yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz. Jamoamiz a'zolari ham ko'rsatmalarni to'g'ri bajargan xolda yaxshi o'yin namoyish etishadi deb o'ylayman.

- "Nasaf"ga qarshi o'yinga hujumkor uslubni tanladingizmi yoki qarshi hujum uslubimi?


- Ertangi o'yinda natijadan kelib chiqib turli taktik uslublardan foydalanamiz. Albatta, bu o'yinda avvalgilariga o'xshamagan o'yinimizni namoyish etishimiz shart. Agar guruhdan chiqmoqchi bo'lsak, bizga faqat g'alaba kerak.

- Tarkibdagi yo'qotishlar haqida...


- Bizda ayni damda tarkibda yo'qotishlar yo'q. Faqat darvozabonimiz bir oz betob. Ertaga barchasi yaxshi bo'lishiga umid qilamiz.

- Sizningcha, guruhda qaysi jamoalarda navbatdagi bosqichga chiqish imkoniyatlari yaxshiroq?


- Bu savolingizga hozir javob berish qiyin. Ertangi o'yin guruhdagi vaziyatga anchayin oydinlik kiritib beradi.

- Jamoangizda ruhiy xolat qanday?


- Biz "Nasaf"ning qanday jamoa ekanini bilamiz. Avvalgi natijalarni unutgan xolda ertangi o'yinda borimizni beramiz. Biz jamoani ruhan ham, jismonan ham yaxshi tayyorladik deb o'ylayman. Oldimizda g'alabadan boshqa yo'l yo'q.





Ro'ziqul Berdiev: "Al Faysali"ning boshqa jamoalardan farqi bor"        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia