"Aktobe" chempion bo'lishi uchun bir qadam qoldi

Narzulla Saydullayev
5 okt 2013, 20:26
Bugun Qozog'iston chempionatida 29-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. "Aktobe" o'z maydonida "Irtish"ni qabul qildi. Xabaringiz bor, ikkala jamoada hamyurtlarimiz to'p tepishadi.
Uchrashuvda chempionlik uchun kurashayotgan "Aktobe" 3:1 hisobida zafar quchdi. Mezbonlar safida Temur Kapadze to'liq o'ynadi, Aleksandr Geynrix esa 89-daqiqada almashtirildi. "Irtish"da esa Ulug'bek Baqoev to'liq harakat qilgan bo'lsa, Kamoliddin Murzoev 73-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Takidlash lozimki, "Aktobe"ni taqib qilayotgan "Ostona" klubi o'z maydonida "Qayrat"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi 1:2. Shu sababli endi mavsum tugashiga 3 tur qolganida "Aktobe" ikkinchi o'rindagi "Ostona"dan 6 ochkoga ilgarilab ketdi.

AKTOBE - IRTISH - 3:1 (1:1)
Gollar:
Shomko, 17 (0:1). Davidov, 45 (1:1). Arzumanyan, 47 (2:1). Xayrullin, 76 (3:1).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia