Aguero APLning yana bir rekordini qayd etdi

Mirjalol Normatov
22 sen 2019, 11:27
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero APLning yana bir rekordini qayd etdi.

Argentinalik strayker APLning dastlabki 6 turida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Kecha u "Uotford" darvozasini ham ishg'ol qilishga erishgandi.

"Shaharliklar" esa umumiy hisobda 8 gol urib, g'alabaga erishdi. Aguero ushbu mavsumda APLning 6 o'yinida 8 gol urib, 1 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express