Agent Mbappe o'tishi mumkin bo'lgan 3 klub nomini aytdi

Mirjalol Normatov
8 iyul 2023, 17:00
Futbol agenti Bruno Satin PSJ futbolchisi Kilian Mbappeni o'z tarkibiga qo'shib olishga moliyaviy tomondan qurbi etadigan 3 klub nomini aytdi.

"Uning transfer summasi 200 mln evrodan kam bo'lmasa kerak. Faqatgina "Real", "Manchester Siti" va "Nyukasl" kabi klublar uni o'z tarkibiga qo'shib olishi mumkin. Hozircha Madrid klubi futbolchi uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Ingliz klublari esa unga xaridor bo'lishmayapti", – dedi agent "L`Equipe" nashriga.

Mbappening shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L`Equipe