Agar sudda yutqazsa, "Manchester Siti" nafaqat APL, balki boshqa musobaqalardan ham chetlatiladi

Omonjon To`xtamirzayev
19 sen 2024, 19:32
Hafta avvalida "Manchester Siti"ga nisbatan ayblovlar bo'yicha sud ishi start oldi.

Bir yarim yil avval klub moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda ayblangandi. Agarda vaziyat keskin tus olsa va ayblovlarning katta qismi asosli deb topilsa, jiddiy sankciyalar kiritilishi mumkin. Misol uchun "shaharliklar" Angliya premer-ligasidan chiqarib yuborilishi haqida anchadan buyon yozilmoqda. 

"Telegraph Sport"ning yozishicha, Premer-ligadan chiqarib yuborilgan taqdirda "Manchester Siti" boshqa musobaqalar – Angliya Kubogi, Liga Kubogi, Chempionlar Ligasi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok eta olmaydi. 

Manba ushbu fikrni Angliya Kubogi qoidalarining 31 bandi bilan asoslamoqda. O'sha banda shunday deyilgan: "Agar klub musobaqada ishtirok etishiga ruhsat berilgan, ammo keyin undan chiqarib yuborilgan (yoki ligadagi ishtiroki to'xtatib turilgan) taqdirda, Professional o'yin palatasi [PGB] klubni musobaqadan chetlashtirishi mumkin. 

O'z navbatida, Chempionlar Ligasi qoidalari ham anchagina murakkab va u yerda ko'p narsa klub licenziyasiga bog'liqligi takidlanadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Telegraph Sport