Agar Benzema "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsa, uning "Real" bilan shartnomasi avtomatik ravishda bir mavsumga uzayadi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2022, 14:56
Bu haqda "Relevo" xabar bermoqda.

Karim Benzemaning "Real" bilan shartnomasida kelishuv avtomatik ravishda uzayishi bo'yicha band mavjud.

Amaldagi shartnoma 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. 

"Relevo" ma'lumotlariga qaraganda, fransiyalik futbolchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsa, shartnoma avtomatik ravishda bir mavsumga uzaytiriladi, degan band bor.

2022 yilgi "Oltin to'p"ni topshirish marosimi 17 oktyabr kuni Parijda bo'lib o'tadi.

34 yoshli futbolchi La Liganing joriy mavsumida 5 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo