

Bir qator grand klublarda afsonalar jamoa bilan xayrlashishdi. Ularning ketishi juda ham ta’sirli ko'rinish oldi.

Ko'z ochib ko'rgani "Barselona" bo'lgan Andres Inesta.

Kataloniyaliklar maestroni a'lo darajada kuzatib qo'yishdi.

17 yil umrini Turinda o'tkazgan darvozabon Janluiji Buffon.

Afsonaviy Jiji "Yuventus" tarkibidagi so'nggi o'yinida A Seriya kubogini boshi uzra baland ko'tardi.

"Atletiko" afsonasi Fernando Torres.

Torres madridliklar safidagi so'nggi mavsumini Yevropa ligasi g'olibi sifatida yakunladi.
Yuqoridagi futbolchilarning har biri afsona, ularning ketishi barchani birdek ta’sirlantirdi. Futbol afsonalarni qadrlaydi.


