Abror Pirriev: "Agar Neymar AGMKda o'ynaganida..."

Eldor Akmurzayev
29 noya 2021, 09:40
PSJ hujumchisi Neymar Fransiya chempionati doirasida "Sent-Eten"ga qarshi o'yinda (3:1) to'pig'idan jarohat oldi va bunga “Lokomotiv” shifokori Abror Pirriev o'z munosabatini bildirdi.

"Neymarning jarohatini ko'rib, muxlislar rosa achinishdi. Jarohatlar doimo noxush, ammo tovon-boldir bo'g'inidagilari – tizzada jarohatlariga qaraganda ancha engilroq bo'ladi va tuzalish uchun ko'p muddat sarflanmaydi.

Mirjalol Qosimov tabiri bilan aytganda: “Travmy golenostopa – eto nasmork”. Agarda Neymar AGMKda to'p surganida, uning navbatdagi o'yinga tushish ehtimoli juda yuqori bo'lardi.

Neymar o'zining instagram sahifasida: “Jarohat – futbolning bir qismi. Qayta tiklanib, yanada kuchliroq bo'lib safga qaytaman”, deb yozgan so'zlariga qo'shilgan holda uning tez orada safga qaytishini tilab qolamiz", deb yozgan sahifasiga Abror Pirriev.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: t.me/abrorpirmuhammad