Abramov Bunyodkorga yana bir hujumchini taklif etdi

Alisher
6 mar 2020, 10:09
Qaldirg'ochlar ustozi transfer oynasi yakuniga yetib borayotgan bir paytda, yana bir hujumchini tarkibga qo'shib oldi.

Gap o'tgan yili Qo'qon-1912da o'ynagan Shahboz Erkinov haqida ketmoqda. Tajribali hujumchi o'tgan yili Superlgada 24ta o'yin (1678 daqiqa) o'tazib, o'z aktiviga 6ta gol yozdirib qo'yishga erishgandi. 

Ammo shunga qaramay, qo'qonliklar Erkinov bilan hamkorlikni to'xtatdi. Natijada 36 yoshli hujumchi erkin agent maqomi ostida Bunyodkor a'zosiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia