Abduqodir Husanov "Setanta Sports"ga intervyu berdi

Sherzod Nurmatov
13 fev 2026, 15:44
APLni O'zbekistonda namoyish etish huquqiga ega bo'lgan "Setanta Sports" O'zbekiston terma jamoasi va "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov bilan suhbatlashdi.

Futbolchi bir qancha savollarga qisva va lo'nda javob qaytargan.

- Nega 45-raqamni tanlagansiz?

- Belarusning "Energetik-BGU" jamoasida o'ynagan paytimda – professional futboldagi dastlabki qadamimni 45-raqamda boshlaganman. Shuning uchun bu yerda ham 45-raqam.

- Markaziy himoyachi yoki o'ng qanot himoyachi? Qaysi poziciyada o'ynash sizga ko'proq yoqadi?

- Markaziy himoyachi.

- Hozirgacha faoliyatingizdagi eng yaxshi, eng esda qolarli voqea qaysi?

- PSJga qarshi "Lans"dagi eng oxirgi o'yinim.

- Agar nafaqaga chiqqan himoyachilardan birini ideal markaziy himoyachi sherik sifatida tanlash imkoniyati bo'lganida, kimni tanlardingiz?

- Fabio Kannavaro.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Setanta Sports