

- Fedotov nima uchun asosiy tarkibga qo'ymayotganini tushuntirdimi?
- Yo'q.
- Bu Osiyo kubogi bilan bog'liq emasmikin?
- Bilmayman. Savol bosh murabbiyga.
- Jismoniy tomonlama to'liq o'yinga tayyormisiz?
- Ha, - dedi Fayzullayev Sport24 jurnalisti Andrey Babich bilan suhbatda.
Ma'lumot uchun, Fayzullayev Osiyo kubogidan so'ng SSKA safida "Orenburg" bilan bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 73 daqiqa harakat qildi. Keyin "Krilya Sovetov" va "Rostov"ga qarshi o'yinlarda zaxiradan maydonga tushdi.



