A Seriyaning joriy mavsum yetakchilaridan biri Dzyubaga qiziqmoqda

Eldor Akmurzayev
14 apr 2020, 19:50
Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar qiladi.

Manbaga ko'ra, “Zenit” hujumchisi Artyom Dzyuba faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Unga “Lacio” qiziqish bildirmoqda. Rimliklar futbolchini kelayotgan trasnferlar oynasi vaqtida qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, “Lacio” Aleksandr Kokorin hamda Sardor Azmun variantlarini ko'rib chiqayotgani to'g'risida ma'lumot berilgandi.

31 yoshli Dzyuba joriy mavsum RPLda 21 o'yin o'tkazib 13+10 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport