A Seriyaning ikki klubi Neymarga qiziqish bildirmoqda, futbolchi yangi chaqiruvga tayyor

Administrator
14 okt 2025, 22:06
Futbolchi Yevropaga yana qaytishi mumkin.

"Santos" hujumchisi Neymar A Seriyaga o'tishga tayyor, unga "Inter" va "Napoli" klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda ESPN Fabricio Romano ma'lumotlariga tayanib xabar bermoqda. Manba ma'lumotlariga ko'ra, 33 yoshli futbolchi Braziliya klubi bilan shartnomasi tugagach (31 dekabr), kelgusi qishda Yevropaga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Neymar Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga o'zini ko'rsatib, 2026 yilgi jahon chempionati oldidan milliy jamoaga qaytishni umid qilmoqda.

Takidlanishicha, futbolchiga o'tgan yozda "Milan"ga o'tish taklifi ham berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ESPN