40 yoshli Kasorla "Ovedo" bilan shartnomasini 2025/26 yilgi mavsumgacha uzaytirdi. Klub La Ligaga qaytdi

Alisher Ostonov
13 iyul 2025, 16:58
Santi Kasorla kelasi mavsumda ham "Ovedo" sharafini himoya qiladi.

Klub 40 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirganini e'lon qildi.

Kasorla "Ovedo" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2023 yilning yozida jamoaga qaytgan.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, klub pley-off finalida "Mirandes"ni mag'lub etib (0:1, 3:1) La Ligaga yo'l oldi. "Arsenal", "Vilyarreal" va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Segundaning 35 o'yinida 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: realoviedo.es