

"Everton" klubi darvozaboni Eldin Yakupovich bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Mersisaydlar Jordan Pikford va Endi Lonergan jarohati tufayli 37 yoshli shveytsariyalik bilan qisqa muddatli shartnoma tuzdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Yakupovichning "Everton" bilan kelishuvi 2022 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.
Darvozabon so'nggi 4 yilni "Lester" birorta ham rasmiy o'yinda maydonga tushmagan holda o'tkazdi.
Yakupovich faoliyati davomida "Lokomotiv", "Xall" va "Grassxopper" klublarida ham o'ynagan.



