"Barselona" "Vulverxempton" futbolchisi bilan kelishib qo'ydi

Mirjalol Normatov
28 may 2023
"Vulverxempton" futbolchisi Ruben Nevesh "Barselona"ga o'tishga yaqin.

"A Bola" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi "bo'rilar" xavbekini 30 mln evroga sotib olish bo'yicha kelishuvga erishgan. Shuningdek, "Barselona" futbolchisi Ansu Fati "Vulvz"ga berib yuboriladi.

Transfer ishlari yaqin haftalarda yakunlanadi. Nevesh ushbu mavsumdan keyin jamoadan ketadigan Serji Busketsning o'rnini bosuvchi futbolchi sifatida qaralmoqda.

Oldinroq "Barselona" Nevesh bilan 4 yillik shartnoma borasida o'zaro kelishuvga erishib olgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola