O'rtoqlik uchrashuvida "Rubin" "Navbahor"ni tor-mor etdi, Rahmonaliev gol urdi

Оқил Абдубарноев
1 fev 2023, 21:25
Turkiya yig'ini doirasida Namanganning "Navbahor" Rossiyaning "Rubin" klubiga qarshi bellashdi.

Uchrashuvda Rossiya klubi raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. Ulardan beshinchisiga Umarali Rahmonaliev mualliflik qildi.

"Navbahor" - "Rubin" 0:6

Gollar: Dmitriy Kabutov (4, 38), Joel Fameye (30), Marat Apshacev (60), Umarali Rahmonaliev (62), Luka Chermel (avtogol, 77)

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Milosh Milovich, Luka Chermel, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov, Abror Ismoilov, Jasur Yaxshiboev, Shohro'z Norxonov, Temirxo'ja Abduxoliqov

"Rubin": Belenov, Kabutov, Ashurmatov, Martinovich, Gricaenko, Samoshnikov, Zotov, Zagoev, Bezrukov, Fameye, Lisakovich


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia