Koloskov Rossiyaning OFKga o'tishi haqida: "Bu botqoq va biz unda halok bo'lamiz. Oliy ligadan havaskorlar ligasiga tushamiz"

Aslanov Jasurbek
29 dek 2022, 02:45
Rossiya futbol ittifoqi faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov Rossiyaning Osiyo futbol konfederatsiyasiga o'tishiga qarshi.

"Bu botqoq va uzoq yillar bu botqoqdan chiqishning iloji bo'lmaydi. Bu huddi oliy ligadan havaskorlar ligasiga tushishga o'xshaydi.

Bazilar Osiyo chempionlar ligasi va JCH saralashida o'ynaymiz deb o'ylashmoqda, ammo bu hozircha kafolatlanmagan. Osiyoda 47ta assotsiatsiya bor va biz kamida 24ta ovoz yig'ishimiz kerak. Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya yoki Malayziya hech qachon bizga ovoz bermaydi. Bu katta tavakkal, qaror qabul qilishdan avval osiyoliklar bilan kelishib olish kerak.

Biz botqoqqa tushyapmiz. U yerda turli yoshlar uchun musobaqalar, ayollar futboli, futzal yo'q. Shunchaki halok bo'lamiz" - deydi Koloskov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Матч ТВ»