YCHL. "Real Madrid" mavsumdagi 8-o'yinda ham g'alaba qozondi

Omonjon To`xtamirzayev
15 sen 2022, 01:56
YCHLning 2-turi doirasidagi "Real" - "Leyptsig" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Real Madrid" – RB "Leyptsig" 2:0
"Santyago Bernabeu" stadioni
Gollar
: 1:0 – 80 Valverde, 2:0 – 90 Asensio.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Alaba (Mendi, 81), Modrich (Kroos, 81), Tchuameni, Kamavinga (Asensio, 64), Valverde, Vinisius Junior (Sebalos, 85), Rodrigo (Mariano Dias, 85).

RB "Leyptsig" – Gulachi, Simakan (Xenrixs, 75), Orban, Diallo, Raum, Forsberg (Poulsen, 81), Shlager, Aydara (Kampl, 75), Soboslai, Verner (Andre Silva, 81), Nkunku.

Ogohlantirishlar: Aydara (73), Nkunku (82), Karvaxal (84), Shlager (90).



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

 YANGILASH


90+4-daqiqa. Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va bu mavsum hali ochko yo'qotmagan "Real" yana g'alaba qozondi.  

"Real" amalda uch ochkoni naqd qildi.  

90+1-daqiqa. GOOOOOOLASOO! Marko Asensiodan juda chiroyli gol guvohi bo'ldik - 2:0.   

90-daqiqa. Ogohlantirish! Ksaver Shlager Mendini quchoqlab olgani uchun kartochka ishlab oldi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

Standart vaziyatdan esa germaniyaliklar bu safar ham naf chiqara olishmadi.  

88-daqiqa. Nkunku jarima maydonchasiga kiraverishdan kuchli zarba berdi, to'p yo'liga Karvaxal to'g'anoq bo'ldi. Burchak zarbasi. 

85-daqiqa. O'zgarishlarRodrigo va Vinisius o'rniga Sebalos hamda Mariano Dias maydonga tushdi. 

84-daqiqa. Ogohlantirish! Dani Karvaxal. 

82-daqiqa. O'zgarishlarLuka Modrich va David Alaba o'rniga Toni Kroos hamda Ferlan Mendi.

80-daqiqa. GOOOOOOOL! Fede Valverde Vinisiusning uzatmasidan keyin chap oyoqda zarba berib, darvozaning uzoq pastki burchagini nishonga oldi. 

75-daqiqa. O'zgarishlarDiavara va Simakan ketdi, Kampl va Benjamin Xenriks o'yinga qo'shildi.  

73-daqiqa. Ogohlantirish! Amadu Aydara Vinisiusga nisbatan harakati uchun kartochka ishlab oldi.  

72-daqiqa. Tezkor qarshi hujum. Valverde, Vinni, Asensio... Biroq hech biri to'pni darvozaga aniq yo'llay olmadi.  

65-daqiqa. Tchuameni bilan havodagi kurashdan keyin Xaydaraga yordam ko'rsatish zarur bo'lmoqda. O'yinda "pauza". 

64-daqiqa. O'zgarish! Eduardu Kamavinga o'rnini Marko Asensioga bo'shatib berdi.   

62-daqiqa. Rodrigo o'ziga nisbatan fol uchun belgilangan jarima zarbasini amalga oshirdi, ammo juda noaniq. 

60-daqiqa. "Real" ko'p hujum qilayotganiga qaramay, hozircha raqib darvoza tomon yo'l topa olmadi.  

57-daqiqa. Karvaxal Nkunkuga nisbatan fol ishlatdi. 

48-daqiqa. "Real" ikkinchi bo'limni ancha yuqori tempda boshladi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

45-daqiqa. Hakam birinchi bo'limning asosiy vaqtiga umuman daqiqalar qo'shmaslikka qaror qildi. Tanaffus!  

43-daqiqa. Shlager bir qarashda Luka Modrichning ustiga chiqib ketay dedi, lekin hakam bu fol emasligi va penalti bermasligini ma'lum qildi.  

41-daqiqa. Luka Modrich "zamaxda" raqib himoyachisini chalg'itib, chap oyoqda zarba berdi, xavfli, lekin bu safar ham noaniq.   

38-daqiqa. Burchak zarbasida hujumga kelib, hali ortga qaytib ulgurmagan Ryudiger bosh bilan zarba yo'lladi, ammo noaniq.   

34-daqiqa. Xavfli vaziyat! Timo Verner to'pni Nkunkuning yo'liga tashlab bergandi, ammo Kristofer qanchalik urinmasin, uni darvozaga to'g'rilab yubora olmadi.   

33-daqiqa. Mehmon futbolchilar to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi.  

30-daqiqa. Timo Verner qarshi hujumni aniq zarba bilan yakunladi, ammo bu urinish Tiboga ortiqcha muammo tug'dirmadi.  

28-daqiqa. Yana Nkunku raqib darvozasiga xavf solishga urindi. Unga imkon qoldirmaslikka harakat qilgan Tchuameni Kurtua bilan to'qnashib ketdi. Posbon o'ziga kelib olishi kerak.    

24-daqiqa. Nkunku Karvaxaldan to'pni olib qo'ygandi, xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, biroq hakam fransiyalik futbolchi qoidani buzdi deb topdi. 

21-daqiqa. Vernerning uzatmasidan keyin Forsberg zarba yo'lladi, lekin noaniq.  

19-daqiqa. "Leyptsig"ning hujumi o'ng qanotdan rivojlandi va to'p jarima maydonchasiga yo'naltirildi, ammo Karvaxal xavfni bartaraf etdi.   

18-daqiqa. Tchuamenidan ajoyib "podkat".

15-daqiqa. Fede Valverde tepgan to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasidan keyin Rodrigo zarba uchun imkon topdi, ammo noaniq. 

10-daqiqa. Shlager keskinlikni yo'qqa chiqarish maqsadida to'pni uzoqlashtirdi.

8-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilib turibdi. 

6-daqiqa. Nkunku kutilmaganda zarba uchun qulay nuqtaga chiqib bordi va zarba berdi, Kurtua o'z o'rnida. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia