"Barselona" "Real"ni chempionlik bilan tabrikladi

17 iyul 2020, 21:01
"Barselona" matbuot xizmati o'zining tvittyerdagi rasmiy sahifasi orqali Madridning "Real" klubi manziliga tabrik yo'lladi.

"Real Madrid"ni La Liganing 2019/20 yilgi mavsumida chempionlikni qo'lga kiritgani bilan tabriklaymiz", - deyiladi "ko'k-anorranglilar" tomonidan qoldirilgan tvitda.

Eslatib o'tamiz, musobaqa yakuniga bir tur qolganida eng yaqin taqibchisidan 7 ochko ilgarilab ketgan "Qirollik klubi" o'z tarixidagi 34-chempionlik unvonini qo'lga kiritdi. Bu musobaqanig mutloq rekordi hisoblanadi. Ikkinchi o'rindagi "Barselona" 26 bor mamlakat chempionligini tantana qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/FCBarcelona