YCHL tarixidagi barcha "kambeklar" yoxud "Barselona" ketma-ket ikkinchi yil "tarsaki" qabul qildi

8 may 2019, 13:45
YCHL pley-off tarixidagi "kambek" sodir etilgan to'qnashuvlarni eslaymiz.

Ma'lumot uchun: YCHL tarixidagi 14 to'qnashuvda birinchi bellashuvda 2 yoki undan ko'p gol farqiga yutqazgan jamoalar javob bahsida "kambek"ni amalga oshirgan.

Eng dahshatli va shov-shuvli "kambek" "Barselona" tomonidan sodir etilgan. Kataloniyaliklar YCHL tarixidagi eng murakkab ishni amalga oshirgan jamoa sifatida tarixga kirgan. "Barselona" dastlabki o'yinda 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchragan holda javob bellashuvida to'rtta to'p farqini yo'qqa chiqarishni uddalagan yagona klub.

Shuningdek, "Deportivo" va "Roma" dastlabki bahsda 3ta to'p farqiga yutqaza turib javob o'yinida vaziyatni o'z tomoniga og'dirgan. O'shanda "Deportivo" "Milan" to'sig'idan o'tgan bo'lsa, "Roma" o'tgan yili "Barselona"ni shov-shuvli tarzda taslim etgan.

Qayd etish kerakki, o'shanda javob bahsidan oldin hech kim "Deportivo" yoki "Roma" birinchi o'yindagi farqni yo'q qilishi va kamiga ularning raqiblar statusidan kelib chiqib "Deportivo" yoki "Roma"ga ishonmagan.


Qizig'i, YCHL tarixidagi eng shov-shuvli "kambek"ni PSJ ustidan amalga oshirgan "Barselona"ning shundan so'ng YCHLda aynan "kambek"lar qurboniga aylanmoqda. O'tgan yili "Roma" bilan to'qnashuvda dastlabki o'yindagi ustunlikni qo'ldan chiqargan bo'lsa, joriy mavsum "Liverpul"dan "tarsaki" qabul qildi.


Quyida YCHL tarixidagi "kambek" qayd etilgan uchrashuvlar ro'yxatini taqdim etamiz:

(4ta to'p farqi)

2016/17, 1/8 final
"Pari Sen-Jermen" - "Barselona" 4:0
Gollar
: Di Mariya (18, 55), Draksler (40), Kavani (72)

"Barselona" - "Pari Sen-Jermen" 6:1
Gollar
: Suares (3), Kurzava (40 avtogol), Messi (penalti), Neymar (88, 90), Serxi Roberto (90+5) - Kavani (62)


(3ta to'p farqi)

2017/18, 1/4 final
"Barselona" - "Roma" 4:1
Gollar
: De Rossi (38 avtogol), Manolas (55 avtogol), Pike (59), Suares (87) - Jeko (80)

"Roma" - "Barselona" 3:0
Gollar
: Jeko (6), De Rossi (58 penalti), Manolas (82)


2003/04, 1/4 final
"Milan" - "Deportivo" 4:1
Gollar
: Kaka (45, 49), Shevchenko (46), Pirlo (53) - Pandiani (11)

"Deportivo" - "Milan" 4:0
Gollar
: Pandiani (5), Valeron (35), Luke (44), Fran (76)


2018/19, 1/2 final

"Barselona" - "Liverpul" 3:0

Gollar: Suares (26), Messi (75, 82)

"Liverpul" - "Barselona" 4:0

Gollar: Origi (7, 79), Veynaldum (54, 56)

(2ta to'p farqi)

1999/00, 1/4 final
"Chelsi" - "Barselona" 3:1
Gollar
: Zola (30), Ture-Andrey Flo (34, 38) - Luish Figu (64)

"Barselona" - "Chelsi" 5:1 (qo'shimcha taym)
Gollar
: Rivaldo (24, 99-penalti), Figu (45), Daniel Garsiya (83), Patrik Klyuyvert (104) - Ture-Andre Flo (60)


2003/04, 1/4 final
"Real" - "Monako" 4:2
Gollar
: Elgera (51), Zidan (70), Figu (77), Ronaldo (81) - Skilachchi (43), Morentes (83)

"Monako" - "Real" 3:1
Gollar
: Jyuli (45, 66), Morentes (48) - Raul (36)


2011/12, 1/8 final
"Napoli" - "Chelsi" 3:1
Gollar
: Lavecci (39, 65), Kavani (45) - Mata (27)

"Chelsi" - "Napoli" 4:1 (qo'shimcha taym)
Gollar
: Drogba (29), Terri (47), Lempard (75 penalti), Ivanovich (105) - Inler (55)


2012/13, 1/8 final
"Milan" - "Barselona" 2:0
Gollar
: Kevin-Princ Boateng (57), Muntari (81)

"Barselona" - "Milan" 4:0
Gollar
: Messi (5, 40), Vilya (55), Alba (90)


2013/14, 1/8 final
"Olimpiakos" - "Manchester Yunayted" 2:0
Gollar
: Dominges (38), Kempbell (55)

"Manchester Yunayted" - "Olimpiakos" 3:0
Gollar
: Robin van Persi (25, 45, 52)


2013/14, 1/4 final
"PSJ" - "Chelsi" 3:1
Gollar
: Lavecci (4), David Luiz (avtogol), Pastore (90) - Azar (27 penalti)

"Chelsi" - "PSJ" 2:0
Gollar
: Andre Shyurlle (32), Demba Ba (87)


2014/15, 1/4 final
"Portu" - "Bavariya" 3:1
Gollar
: Kuarejma (3, 10), Martines (65) - Alkantara (28)

"Bavariya" - "Portu" 6:1
Gollar
: Alkantara (14), Boateng (22), Levandovski (27, 40), Myuller (36), Xabi Alonso (88) - Martines (73)


2015/16, 1/4 final
"Volfsburg" - "Real" 2:0
Gollar
: Rodriges (18 penalti), Arnold (25)

"Real" - "Volfsburg" 3:0
Gollar
: Ronaldu (15, 17, 77)

2018/19, 1/16 final.

"Manchester Yunayted" - PSJ 0:2

Gollar: Kimpembe (53), Mbappe (60)

PSJ - "Manchester Yunayted" 1:3

Gollar: Bernat (12) - Lukaku (2, 30), Reshford (90 penalti)


2018/19, 1/8 final

"Atletiko" - "Yuventus" 2:0

Gollar: Ximenes (78), Godin (83)

"Yuventus" - "Atletiko" 3:0

Gollar: Ronaldu (27, 48, 86)

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia