Mana shu munosabat bilan, ushbu sanada, Toshkentda bir necha tadbirlar bo'lib o'tadi.
Avvaliga, 09:00da futbol jamoatchiligi “Paxtakor” stadioni hududida joylashgan “Paxtakor-79” yodgorligi oldida jamlanadi. Bu yerdagi xotirlash marosimi yakunlangach, yig'ilganlar aviafalokat oqibatida dunyodan ko'z yumgan “Paxtakor” futbolchilari dafn qilingan Botkin qabristoniga tashrif buyurishadi.
Tadbirlarda OAV vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.
Shuni ham qayd etish lozimki, 5-10 avgust kunlari davomida bolalar o'rtasida Toshkentda “Paxtakor-79” xotira turniri bo'lib o'tadi.
1979 yil aviahalokatda hayotdan ko'z yumgan jamoa a'zolari xotirasini yod etish maqsadida o'tkaziladigan turnirda mamlakatimizning 12 jamoasi 2001 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar bilan ishtirok etadi. Buxoro, Urganch, Samarqand, Jizzax, Chust, Termiz, Qo'qon, Olmaliq jamoalari bilan birga "Paxtakor", "Paxtakor-2" (2002 yil) va BO'SM-16 jamoalari turnirda qatnashadi.