So’nggi yangiliklar

17:32Ўзбекистон U-23 — Саудия Арабистони U-23. Таркиблар маълум!  2 17:20Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг Эронга қарши таркиби эълон қилинди  1 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  1 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  2 16:32"Оч бўрилар" овга чиқмоқда  8 16:30Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1 (матнли трансляция)  3 16:26Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Сўғдиёна" 1:3 (онлайн ҳисоб)  16 16:25Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912", "Арал" ва бошқа жамоалар ўйинлари давом этмоқда  2 16:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистондан мағлуб бўлган Вьетнам Қирғиз Республикасига ҳам ютқазди  7 15:59U-23 Осиё Кубоги. Индонезия Корея Республикасини мусобақадан чиқариб юборган драматик ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:40Ўзбекистон футзал МТЖ Эронга қарши қандай либосда ҳаракат қилади?  1 15:13ПСЖ Франция чемпионати рекордини ўрнатди  1 14:49"Порту" Сержиу Консейсау билан шартномани узайтирди. Унга "Милан" қизиқаётганди  0 14:21АПЛ жамоалари "Шахтёр" ярим ҳимоячисига даъвогар  0 13:55Ўзбекистон U-23 термасининг Саудия Арабистонига қарши тахминий таркиби билан танишинг  54

O'rtoqlik uchrashuvi. “Cementchi” - “Neftchi” yoshlarini mag'lubiyatga uchratdi” Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. “Cementchi” - “Neftchi” yoshlarini mag'lubiyatga uchratdi”

O'zbekiston birinchiligining 10-turida “G'allaorol” jamoasiga qarshi (1:1) uchrashuvdan so'ng “Cementchi” futbolchilariga 3 kunlik tatil berilgan edi.

Jamoa azolari 18 may kuni Quvasoydagi qarorgoxida yig'ilishib navbatdagi “Xotira-79” jamoasiga qarshi uchrashuvga tayorgarlik mashg'ulotlarini boshladi.

Jamoa azolari navbatdagi tur uchrashuvlariga puxta tayorgarlik ko'rish maqsadida Quvasoyda “Neftchi” jamoasi yoshlariga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Har ikkala jamoa murabbiylari ushbu uchrashuvda barcha futbolchilarni yana bir karra ko'zdan kechirib oldilar. Uchrashuv o'rtoqlik bo'lishiga qaramay keskin va kurashlarga boy tarzda o'tdi. Murabbiylarimiz birinchi bo'limda tajribali futbolchilarni maydonga tushurdi, ammo dastlabki bo'limda hisob ochilmadi. SHiddatli o'tgan birinchi bo'limdagi eng xavfli vaziyatlardan birida Davron Isoqov tepgan to'p darvoza to'siniga tekkan bo'lsa yana bir vaziyatda “Neftchi” darvozasiga belgilangan penaltini tajribali Anvar Raximov golga aylantira olmadi. Ushbu vaziyatda raqib darvozaboni yaxshi o'ynadi va jamoasini goldan qutqarib qoldi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limida esa jamoamiz murabbiylari maydonga ushbu mavsumda o'yin amaliyotiga ancha kamroq ega bo'layotgan futbolchilardan iborat tarkibni maydonga tushurdi. Aytish mumkunki ikkinchi bo'limda tushurilgan tarkibning xatti-haraktlari o'yin suratini yanada ko'taritb yubordi.

Uchrashuvning 76 daqiqasida “Cementchi”ning  yosh yarim himoyachisi Fayzullo Jumanqo'zievni raqiblarning ikki himoyachisi o'z jarima maydonchasi ichida qo'pol tarzda to'xtatib qolishdi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Raxmatillo Meliboev “Neftchi” darvozasini aniq nishonga oldi va uchrashuvda hisob ochildi. 1:0

Oradan 10 daqiqa o'tar o'tmas o'yinning 86 daqiqasida markazdan hujum uyushtirgan yana o'sha Fayzullo Jumanqo'ziev ikki himoyachi orasidan to'pni chaproqdan kirib kelayotgan SHoxjahon Abbosovga qulay tarzda etkazib berdi. Abbosov esa to'pni kuchli zarba bilan “Neftchi” darvozasining uzoq burchagiga joylab qo'ydi. “Cementchi” - “Neftchi” 2:0. Nazorat uchrashuv shu tariqa quvasoyliklarning ustunligi bilan yakunlandi.

20 may. Nazorat uchrashuvi

“Cementchi”-“Neftchi” 2:0

Gollar; Raxmatillo Meliboev (76 pen), SHoxjaxon Abbosov (86)

“Cementchi”ning birinchi bo'limdagi tarkibi: Ilxom Jumanov, Zokir Nurmatov, Umid Madmusaev, Maruf Zokirjonov, Anvar Raximov, Sardor Sotvoldiev, Raxmatillo Meliboev, Otabek Axmadjonov, Elyor Mamasoliev, Davron Isoqov Davron Mamatov.

“Cementchi”ning ikkinchi bo'limdagi tarkibi: Dilmurod Mamayusupov, Raxmatilla Mirzaaxmadov, Mashxur G'ulomov, Nodir Ibragimov, Zokir Nurmatov, Sanjar Zokirov, Mamatvali Nuriddinov, Sirojjon Toshpo'latov (Raxmatillo Meliboev), Fayzullo Jumanqo'ziev, Abbos Jumakulov, SHoxjaxon Abbosov

“Cementchi” O'zbekiston birinchiligi musobaqasining navbatdagi 11-tur uchrashuvini  safarda 25 may sanasida, Uychi tumanining  “Xotira-79” jamoasiga qarshi o'tkazadi.


“Cementchi” jamoasi matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика