So’nggi yangiliklar

14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  6 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  5 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7 09:30Суперлиганинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  20 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8

"Och bo'rilar" ovga chiqmoqda Yangiliklar

"Och bo'rilar" ovga chiqmoqda

O'zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

G'olib yarim finalga chiqadi va Olimpiada yo'llanmasi sari navbatdagi qadamni tashlaydi. Mag'lub uyga qaytadi.

Uzbekistan U23

AFC U23 Asian Cup Final Stage . Quarter Finals-tur

26/04/2024, 20:00

0
:
2
Tugadi

Saudi Arabia U23

45'
90'

2 yil oldin saudiyaliklar bizni finalda mag'lub etishgandi. Bu safar imkon bermay yutish navbati bizniki. Toshkentda o'tgan o'sha finalda bugungi raqiblarimizning u paytdagi avlodi bizdan kuchli edi. Buni tan olish kerak. SHunga qaramay, 2:0 hisobida oldinda borayotgan, o'yin bo'yicha kuchli bo'lib turgan, kamiga 2 yosh katta bo'lgan saudiyaliklar qay tariqa vaqt cho'zishgani ko'pchilikning xotirasida kechagidek turgan bo'lsa kerak.

Hozirgi olimpiya terma jamoamiz futbolchilari Saudiya Arabistoniga qarshi qanday "nastroy" qilishlarini yaxshi bilaman. Ularga qo'shimcha motivaciya shart emas bu o'yinda. Raqib Saudiya ekanligining o'zi asosiy motivaciya yigitlarga.

Timur Kapadze ikkita deyarli teng tarkib yig'a oldi va har bir bahsda rotaciyaga qo'l urib kelmoqda. Bugun ham oldingi biror bahsda tushmagan 11talik tushsa ajablanmayman. Menda olimpiya terma jamoamizning Olimpiadaga chiqishiga bu qadar katta ishonch oldin bo'lmagan. Bu jamoa Parij yo'llanmasini qo'lga kiritishiga to'la ishonyapman.

Bu yigitlar maydonda och bo'ri kabi harakatlanishmoqda. Kuvaytlik hamkasbim bilan suhbatlashganimda bizning jamoa o'yinchilari haqida qoni qaynoq futbolchilar ekan dedi. Aynan shunday.


Bugun shuningdek O'zbekiston futzal terma jamoasini ham juda katta to'qnashuv kutib turibdi. Xose Venansio Lopes shogirdlari Osiyo grandi Eronga qarshi yarim final bahsida parketga chiqishadi. Murabbiyimiz biz Tailandga chempion bo'lish uchun keldik degandi. Forslarda ham biz kabi avlodlar almashuvi kuzatilmoqda. Ularga qarshi Jahon chempionati doirasidagi oxirgi o'yinimiz hamma yodida bo'lsa kerak. Mundiallar tarixidagi eng zo'r o'yinlardan biri o'tkazib berilgandi o'shanda va Eron 9:8 hisobida g'alaba qozongandi.

Futzalchilarimiz doim kurashuvchanligi bilan ajralib turishgan va bugun ham kuchli raqibga qarshi g'alaba uchun kurashish yo'lida ularga kuch-quvvat tilaymiz.

O'zbekiston U-23 terma jamoamiz va O'zbekiston futzal terma jamoasiga omad va zafar yor bo'lsin! O'zim esa Dohada olimpiyachilarimiz o'yinida bo'laman. Olg'a, O'zbekiston!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика