So’nggi yangiliklar

19:33Рис Жеймс бу йил бошқа майдонга тушмаслиги мумкин  0 19:10ФИФА рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнини сақлаб қолди  2 18:42Суперлига. "Бунёдкор" - "Пахтакор" ва 26-турнинг қолган учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар маълум  0 18:08Мареска: "Челси" Нкункуни январда сотмаслиги аниқ"  0 17:45Ўзимизнинг карикатура: Уйқу оғушидаги "аждар"  8 17:06"Бавария" Тео Эрнандес ва Раумга қизиқиш билдирмоқда  0 16:11"Барселона" сардорларидан бирини сотиб юбориши мумкин  10 15:59ПРО-Лига. "Бухоро" сафарда "Олимпик-MobiUz"га ютқазиб қўйди, "Машъал" — чемпион!  7 15:19Расман: Фрэнк Лэмпард ўзига янги жамоа топди  2 14:18Исмоилов 3 та, Бошкович 2 та ўйинга четлатилди. Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  3 14:15Одилжон Ҳамробеков "Насаф"га ўтдими?   11 13:58"Арсенал" "Аталанта" ҳужумичисига эътибор қаратди  1 13:34Ди Мария ЕЧЛдаги ассистлар бўйича 2-ўринга чиқиб олди  5 13:07Де Йонг "Барселона"нинг янги шартнома борасидаги таклифини қабул қилмади  13 12:26Слот: "Ливерпуль" бундан ҳам яхшироқ ўйнаши мумкин эди"  17

U-23 Osiyo kubogi. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuviga prevyu. Saudiyani bir marotaba yutganmiz, ular esa bizni uch marta Yangiliklar

U-23 Osiyo kubogi. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuviga prevyu. Saudiyani bir marotaba yutganmiz, ular esa bizni uch marta

Bugun U-23 Osiyo kubogi chorak final bahsida O'zbekiston va Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoalari to'qnash kelishadi. Biz esa ushbu raqiblar o'rtasidagi uchrashuvlar tarixiga nazar solamiz.

O'zaro o'yinlar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi Osiyo kubogi doirasida bor yo'g'i uch marotaba to'qnash kelgan. Dastlabki uchrashuv 2014 yil O'mon mamlakatida o'tkazilgan dastlabki Osiyo chempionati doirasidai bo'lib o'tgan edi. "D" guruhida Iroq, Xitoy va Saudiya Arabistoni kabi terma jamoalar bilan bir guruhdan o'rin olgan jamoamiz, musobaqaning guruh bosqichidan keyin O'zbekistonga qaytishga majbur bo'lishadi. Dastlabki turlarda Xitoy va Iroq terma jamoalariga qarshi o'yin o'tkazgan yoshlarimiz, so'ngi turda saudiyalik tengdoshlariga qarshi maydonga chiqishadi. Kurashlarga boy kechgan uchrashuv taqdirini 60-daqiqada urilgan Zakariya Samining goli hal etadi. O'zbekiston 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi va musobaqani guruh bosqichidayoq yakunladi.


U23 Osiyo chempionati-2014, 3-tur

Saudiya Arabistoni — O'zbekiston 1:0 

Gol: Zakariya Sami (60)

O'zbekiston: 1.Akmal Tursunboev, 2.Egor Krimec, 4.Dilshod Jo'raev (22.Abdulaziz Yusupov, 84), 6.Abbos Maxstaliev, 7.Vladimir Kozak, 9.Sardor Mirzaev, 10.Jamshid Iskanderov, 13.Davron Hoshimov, 17.Igor Sergeev, 18.Maksimilian Fomin, 23.Sardor Rashidov (11.Temirxo'ja Abduxoliqov, 59).

O'sha vaqtdagi olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudovning uchrashuvdan keyingi fikrlari:

SHuhrat Maqsudov: "Bitta gol o'yin taqdirini hal qildi. Bizga esa, keyingi bosqichga chiqish uchun bitta gol etmadi. Alamli mag'lubiyat bo'ldi. Biroq yigitlarimiz bor kuchlari bilan harakat qilishdi, ularga rahmat aytaman. Vazifamiz – himoyada bexato o'ynab, vaziyatlardan foydalanish edi. Omadimiz kelmadi. Musobaqaga tayyorgarligimiz qisqa bo'ldi, jismonan juda tayyor emasmiz. Lekin yigitlar bor kuchlari bilan o'ynashdi. Musobaqada futbolchilarimiz juda katta ishtiyoq bilan to'p surishdi, bu meni juda xursand qildi. Terma jamoamizning yarmi 1993 yildan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat. Ular uchun yaxshi tajriba bo'ldi"


 

U23 Osiyo chempionatlari tarixidagi Saudiyaga qarshi ikkinchi to'qnashuvimiz 2020 yilga to'g'ri kelgan. Tailand maydonlarida o'tkazilgan musobaqada terma jamoamiz Tokio-2020 olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritishni maqsad qilgandi. Eron, Xitoy va Janubiy Koreya kabi terma jamoalar bilan bir guruhdan o'rin olgan edi terma jamoamiz. Lyubinko Drulovich shogirdlari guruh bosqichining dastlabki o'yinida Eronga qarshi 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishgandi. Ikkinchi turda esa Islom Qobilov va Nurillo To'xtasinovning gollar evaziga Xitoyni 2:0 hisobida taslim etgandik. Uchinchi bahsda Janubiy Koreyaga 2:1 hisobida mag'lub bo'lgandik va 4 ochko bilan guruhda ikkinchi o'rinni egallab chorak finalga yo'l olgandik. CHorak final bahsida esa bizni Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi kutib turgandi. Uchrashuvda raqiblarimiz birinchi bo'lib hisobni ochishlariga qaramay, yakunda terma jamoamiz 5:1 hisobida g'alaba qozongan va yarim final yo'llanmasini hal etgandi. Yarim finaldagi raqibimiz esa yana o'sha Saudiya Arabistoni bo'lgan. Butun o'yin davomida to'pga egalik qilgan uchrashuvning asosiy vaqti tugab borayotgan bir pallada, saudiyalik yarim himoyachini Al-Omrannning uzoq masofadan bergan zarbasi rikoshet orqali darvozamizdan joy oladi va O'zbekiston terma jamoasi 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

U-23 Osiyo chempionati, Yarim final

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 1:0

Gol: Nosir Salmon Al Omran (87)

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov.

Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.SHarof Muxitdinov, 8.Nurillo To'xtasinov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboev, 18.Doston Ibragimov.

Lyubinko Drulovichning uchrashuvdan keyini fikrlari:

“Juda qiyin o'yin bo'ldi. Dam olish uchun kam kun bo'lgani baribir o'z so'zini aytdi. Lekin bugun yomon o'ynamadik. Ko'proq imkonityalarga ega bo'ldik. Birgina Bobir Abduxoliqovda 3 ta yaxshi vaziyat bo'ldi. Afsuski, foydalana olmadik. O'yin oxiri raqib uchun omadli o'tdi. Saudiyaliklarni g'alaba bilan tabriklayman. Endi kelgusi o'yinlarga yaxshi tayyorlanishga harakat qilaman. Bunga izoh berish qiyin. Bugungi o'yindagidek birgina xato vaziyatni butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin. Futbol shunisi bilan ham boshqa sportlardan farq qiladi. Bugungi o'yin o'tib bo'ldi. Endi buni unutgan holda bor etiborimizni keyingi bahsga qaratamiz. Avvalo, natijaga erishish uchun o'zimizni ishontira olishimiz kerak. Endi keyingi o'yinga borimizni berib tayyorlanamiz. Hozir yigitlarni ham ruhiy jihatdan tayyorlash kerak. Olimpiadaga yo'llanma qo'lga kiritish O'zbekiston uchun qanday muhim ahamiyat kasb etishini tushinib turibmiz. Nasib qilsa, kelasi uchrashuvda bu ishonchni oqlaymiz.



Olimpiyachilarimizning Saudiyalik raqiblari bilan Osiyo kubogi doirasidagi so'ngi uchrashuvi ikki yil avval O'zbekistonda o'tkazilgan Osiyo kubogida bo'lib o'tdi. "A" guruhida Eron, Qatar, Turkmaniston terma jamoalari bilan bahslashgan terma jamoamiz yakunda 7 ochko to'plab guruh g'olibi sifatida pley-offga yo'l olgandi. CHorak finaldagi dastlabki raqib Iroq terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etilgan va terma jamoamiz penaltilar seriyasida g'alaba qozonishgan edi. Muxlislarsiz o'tkazilgan yarim finalda esa Yaponiyani 2:0 hisobida taslim etkan Kapadze shogirdlari final bahsida Saudiya bilan to'qnash kelishgandi. Finalda esa terma jamoamiz Saudiyaga 0:2 hisobida mag'lub bo'lishgandi.

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 0:2

18:00. "Bunyodkor" stadioni

Gol: Hamid al-Gamdi, 50 (0:1), Feras al-Baykan, 74 (0:2)

O'zbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 3. Dostonbek Tursunov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 7. Hojimat Erkinov, 9. Ulug'bek Hoshimov, 10. Jasur Jaloliddinov (s), 17. Diyor Xolmatov, 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchaev, 23. Abdurauf Bo'riev.

Zaxiradagilar: 21. Hamidillo Abdunabiev, 4. Abubakrrizo Turdialiev, 6. Jaloliddin Sodiqov, 11. Otabek Jo'raqo'ziev, 13. Eldorbek Begimov, 14. Abbosbek Fayzullaev, 15. Odil Abdumajidov, 16. SHaxzod Toirov, 20. Ruslanbek Jiyanov, 22. Alisher Odilov.


Timur Kapadzening uchrashuvdan keyingi fikrlari:

- Bugun g'alaba qozonib, butun xalqimizni xursand qilmoqchi edik. Biroq bu ishni uddalay olmadik. Buning uchun uzr so'rayman. Nasib emas ekan. Barcha muxlislarimizga rahmat aytamiz. Keyingi turnirlarda yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz. Bugun o'yin qiyin bo'ldi. Afsuski, mag'lubiyatga uchradik. Bolalarga rahmat aytaman. Bu bizga katta maktab bo'ldi, bu mag'lubiyatdan keyin yanada kuchliroq bo'lamiz deb umid qilaman. Bu turnirda hamma jamoada charchoq bor, ayniqsa, finalchilarda. CHunki uzoq yo'l bosib o'tiladi. Bugun bolalar borini berib harakat qilishdi. Bizning bu jamoani tashkil qilganimizdan asosiy maqsad – Olimpiada. Biz bu turnirda yoshroq futbolchilar bilan ishtirok etgan bo'lsak ham, yaxshi natija qayd eta oldik deb o'ylayman. Bu turnir futbolchilarni ham ruhan, ham jismonan ko'rib oldik. Bolalar zo'r o'ynadi, men ular bilan faxrlanaman. Bir o'yinda qaysidir futbolchi yaxshiroq o'ynadi, qaysidirida esa boshqasi. Aytishim kerak, hali yanada o'sishimiz kerak. Futbol shunday narsa – uzoq dam ololmaysiz. O'yin tugagandan keyin u tarixga kiradi. Siz keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishingiz kerak. To'g'ri, futbolchilarimda ruhiy va jismoniy tomonlama biroz toliqish bor. Lekin hayot davom etadi.



Saudiya Arabistoni va O'zbekiston olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi so'ngi to'qnashuv esa o'tgan yili Xitoyning Hanchjou shahrida o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida bo'lib o'tdi. Guruh bosqichida Afg'oniston,Gonkong va Suriya terma jamoalarini mag'lub etgan terma jamoamiz 1/8 finalda Indoneziyani 2:0 hisobida taslim etadi. CHorak finaldagi raqib esa Saudiya Arabistoni. Murosasiz kechgan bahsda hamyurtalirimiz 2:1 hisobida g'alaba qozonadi va eski to'qnashuvlardagi mag'lubiyatlar uchun revansh olishadi.

Osiyo o'yinlari. 1/4 final

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 2:1 

Gol: Saidazamat Mirsaidov (Jasur Jaloliddinov)  24, Alisher Odilov (Vladimir Nazarov) 43, Muhammad Marran 65, 2:1

O'zbekiston - 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov (Ruslanbek Jiyanov,  78), 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Behzod SHamsiev (Mahmudjon Mahamadjonov, 67), 10.Jasurbek Jaloliddinov (Otabek Jo'raqo'ziev, 87), 14.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 16.Asadbek Rahimjonov, 17.Abdurauf Bo'riev, 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchaev (SHerzod Esanov, 87), 22.Alisher Odilov.

Zaxiradagilar: Hamidillo Abdunabiev, Otabek Boymurodov, SHohjahon Sultonmurodov,  Eldorbek Begimov.


P.S Toshkentda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi 1-turida ham O'zbekiston va Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoalari uchrashishgan, ammo o'yinlar vakillarimiz uchun o'rtoqlik vazifasini o'tab bergan, xolos

U-23 Osiyo chempionati saralashi, 1-tur

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 2:2

Gol: 40 - Hamed Abdulloh Al Gamdi (1:0), 45 - Otabek Jo'raqo'ziev (1:1), 47 - Abdulmuhsin Al Qahtani (2:1), 79 - Jasur Jaloliddinov (2:2)

O'zbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Abubakr Rizo Turdaliev, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Xojimat Erkinov, 10.Jasur Jaloliddinov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 17.Diyor Xolmatov, 19.Hamidxon Rustamxonov, 20.Diyorbek Rahimqulov, 22.Alisher Odilov.

Zaxira: 1.SHukron Yuldashev, 21.Hamidullo Abdunabiev, 3.Asliddin Toshtemirov, 6.Temur Mamasidiqov, 8.Davron Anvarov, 9.Ulug'bek Hoshimov, 13.Eldor Begimov, 14.Bektemir Abdumannonov, 16.Abbos Fayzullaev, 18.Sunnatilloh Hamidjonov, 23.Abdurauf Bo'riev.


Osiyo kubogida ishtiroklar


U-23 Osiyo kubogi tashkil etilgandan buyon terma jamoamiz barcha musobaqalarda ishtirok etgan:

2014 yil: Guruh bosqichi

2016 yil: Guruh bosqichi

2018 yil: CHempion

2020 yil: 4-o'rin

2022 yil: 2-o'rin

2024 yil: ???


Saudiya Arabistoni:

2014 yil: 2-o'rin

2016 yil: Guruh bosqichi

2018 yil: Guruh bosqichi 

2020 yil: 2-o'rin

2022 yil: CHempion

2024 yil: ???


Saralash bosqichi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi saralashini Toshkentda o'tkazdi. "E" guruhida Eron, Afg'oniston va Gonkong terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan vakillarimiz barcha o'yinlarda g'alaba qozonishdi va guruhda birinchi o'rin bilan Osiyo kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi esa saralash bosqichida Kambodja, Livan va Mongoliya terma jamoalarini mag'lub etib, Osiyo kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.


Taxminiy tarkib

Darvozabon: Abduvohid Nematov

Himoyachilar: Saidazamat Mirsaidov, Muhammadqodir Hamraliev, Abduqodir Husanov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev

Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo'riev, Jasur Jaloliddinov, Diyor Xolmatov

Hujumchilar: Ruslanbek Jiyanov, Husayn Norchaev, Abbosbek Fayzullaev.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv soat 19:00 da start oladi.

U-23 Osiyo kubogi
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni
26 aprel 2024 yil. Doha, "Xalifa" stadioni. 19:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Ahmad Faysal Muhammad Alali (Iordaniya)
Qanot hakami 1: Ahmad Mansur Samara Muhsin (Iordaniya)
Qanot hakami 2: Yosir Sabeil Ahmad Al Murshidi (BAA)
Zaxira hakami: Yahyo Ali Muhammad Al Mulla (BAA)
Beshinchi hakam: Faysal Eyd Al SHammari (Qatar)
VAR: Sivakorn Pu Udom (Tailand)
AVAR: SHen Yinxao (Xitoy)
Nazoratchi: Raja Raham Rashid Alhamaidah (Iroq). 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика