So’nggi yangiliklar

04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  19 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

"El Klassiko"da ishlagan hakamlarning Yamal zarbasiga oid suhbatlari oshkor qilindi Yangiliklar

"El Klassiko"da ishlagan hakamlarning Yamal zarbasiga oid suhbatlari oshkor qilindi

"El Klassiko"dagi bahsli vaziyat paytida hakamlarning o'zaro suhbati elon qilindi.

Uchrashuvning 28 daqiqasida "Barselona" vingeri Lamin Yamal burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga burdi. To'p "Real" darvozasi chizig'ini qisman bo'lsada kesib o'tdi, ammo "Real" posboni Andrey Lunin to'pni qaytardi.

Uchrashuv bosh hakami VAR bilan suhbat qurib, gol bo'lmaganini malum qildi.

Marca nashri ushbu vaziyatda bosh hakam Soto Grado VARda ishlagan Xose Mariya Sanches Martines bilan bo'lgan suhbatni elon qildi.

VAR: "Kel, tekshirib ko'ramiz, biroz shoshma, o'yinni boshlama".

Soto Grado: "Kutyapmiz. Yo'q, golni aniqlash tizimi yo'q. Biz VARni kutyapmiz, to'p chiziqdan o'tgan bo'lishi mumkin. Tekshiryapmiz. Gol aniqlash tizimi yo'q".

VAR: "Serxio, to'p Lunin qo'lqopiga tekkan vaziyatda to'xtat. Kut, biz har tarafdan ko'rib olamiz, chunki bizda kerakli rakurs yo'q".

Soto Grado: "Kutyapmiz. Hozircha bilmaymiz".

VAR: "Stop kadrda Luninning tanasi ko'rish imkonini bermayapti. To'xta, kutib tur. Biz hali ham isbot izlayapmiz. 360 gradus. Bu to'g'ri kelmaydi, bu ham, bu ham, bunisiyam...".

Soto Grado: "SHoshmaymiz. Bu juda muhim qaror, shoshilmang. Hamma kameralarni tekshiring".

VAR: "Boshqa yo'q. Boshqa kameralar yo'qligini tasdiqlay olamizmi?".

Soto Grado: "Biz shoshmaymiz. Kutgan maqul. Kutamiz".

VAR: "Sesar, o'yinni burchak to'pidan davom ettiramiz, bizda to'p chiziqni to'liq kesib o'tgani borasida isbot yo'q, shu sababli burchak to'pidan davom etamiz. To'p kirganini isbotlaydigan video yo'q. Burchak to'pi".

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика