So’nggi yangiliklar

13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0 12:45Жоан Гарсия — Марк-Андре тер Штеген даврига якун ясаб бериши кутилаётган дарвозабон билан яқинроқдан танишамиз  0 12:21Расман: Томас Парти "Вильярреал" футболчисига айланди  0 11:53Модрич "Реал"га қайтиши мумкин  1 11:25Бахтсиз ҳодисада омон қолган Майкл Антонио "Вест Хэм"ни тарк этди  0 10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  2 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  10 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  3 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  1 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  17 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  3 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  3 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  1 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2

O'zbekiston kubogi. "Neftchi" va "Metallurg" murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Neftchi" va "Metallurg" murosa ko'chasini tanladi

O'zbekiston kubogi 3-turidan o'rin olgan "Neftchi" – "Metallurg" uchrashuvi yakunlandi.

"Neftchi" – "Metallurg" 1:1

26 aprel, juma. "Istiqlol" stadioni. 16:30

Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Zaxira hakami: Olim To'ychiboev

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Mansur Sarimsoqov

Gol: 0:1 — 18, Sardor Abduraimov (Sirojiddin Qo'ziev), 1:1 — 27, G'ulomhaydar G'ulomov.

"Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 21.Muhsin Ubaydullaev (14.Xurshidbek Muxtorov, 46), 4.Boyan Ciger, 20.Anvarjon G'ofurov, 8.Ketelin Karp, 24.G'ulomhaydar G'ulomov, 17.Sanjar Qodirqulov (23.Diyorjon Turopov, 46), 19.Mirzohid G'ofurov (s), 70.Abbos G'ulomov (66.Doniyor Valiev, 82), 18.Mixay Roman (77.Bilolxon Toshmirzaev, 46), 99.Effiong Nsungusi.

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 3.Jaloliddin Jumaboev, 11.Javohir Qahramonov, 28.Behruz Oblaqulov, 33.SHohruh Yoqubjonov, 

"Metallurg": 35.Rahim Davronov, 24.Davron Ergashev, 15.Abbos Otaxonov, 33.Ivan Yosovich, 14.Abror Toshqo'ziev, 22.SHahzod G'ofurbekov, 4.Kerim Palich (6.Xudoyshukur Sattorov, 77), 88.Sirojiddin Qo'ziev (21.Hazrat Tursunqulov, 77), 7.Sardor Abduraimov (8.Iskandar SHoyqulov, 39), 31.Marko Milichkovich, 97.Boban Jorjevich (11.Daler SHaripov, 88).

Zahira: 87.Akmal Ortiqov, 19.Ergash Ismoilov, 5.Rizo Yazdando'st, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 27.Behruz Abdullaev.

Ogohlantirishlar: Sirojiddin Qo'ziev (29), Mirzohid G'ofurov (31), Anvarjon G'ofurov (58), Rahim Davronov (77), Effiong Nsungusi (81).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

89. Toshmirzaevning olisdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pga To'ropov noaniq zarba yo'lladi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

81. Effiong Nsungusi hakam tomonidan ogohlantirildi.

74. XAVFLI VAZIYAT! "Neftchi"ning tezkor qarshi hujumi Abbos G'ulomovning zarbasi bilan yakunlandi, ammo so'nggi lahzada "Metallurg" himoyachisi vaziyatni bartaraf etdi.

64. Toshmirzaevning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"ga tegib qaytdi.

61. XAVFLI VAZIYAT! Boban Jorjevichning bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

58. Anvarjon G'ofurov hakam tomnidan ogohlantirildi.

55. XAVFLI VAZIYAT! G'ofurovning jarima maydoniga uzatgan to'pini Toshmirzaev darvozaga to'g'rilab qo'y olmadi.

48. Mezbonlar standart vaziyatda "Metallurg" darvozaboniga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

39. Mirzohid G'ofurov jarohat olgan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rinadi.

37. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi. "Neftchi" bundan foydalana olmadi.

36. Sardor Abduraimov jarohat olib, shifokorlar yordamida maydonni tark etdi. Uning o'rniga SHayqulov tushirildi.

31. Biroz avval o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan G'ulomov endi ular safiga sariq kartochka ham qo'shib qo'ydi.

29. Qo'ziev maydon markazida raqib futbolchisini yiqigani uchun ogohlantirildi.

27. GOL! G'ulomov o'ng oyoqda aylanma zarba bilan Rahim Davronovni ojiz qoldirdi!

24. ZARBA! G'ulomhaydar G'ulomov burchakdan uzatilgan to'pga zarba yo'lladi. To'p raqib darvozasining tashqi tomonidan to'rga tegdi.

23. Mezbonlarning navbatdagi hujumi besamar yakunlandi.

18. GOL! Sardor Abduraimov olis masofadan "Neftchi" darvozasining yuqori burchagini aniq nishonga oldi!

16. Mehmonlarning xavfli hujumini Boyan Ciger bartaraf etdi.

12. Davron Ergashev jarima maydoni yaqinida "Neftchi" futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. G'ulomhaydar GG'ulomovning zarbasiga esa aniqlik etishmadi.

7. XAVFLI VAZIYAT! Mezbonlarning ajoyib kombinaciyasidan so'ng Mixay Roman "Metallurg" darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo Rahim Davronovning xalaqit berishi natijasida "Neftchi" futbolchisiga darvozani ishg'ol qila olmadi. Burchak zarbasi.

5. Boban Jorjevich raqib jarima maydonida "Neftchi" futbolchisi bilan to'qnashib ketdi, ammo hakam qoida buzilmaganini qayd etdi. 

1. Uchrashuv boshlandi. "Neftchi" sariq-qora, "Metallurg" oq rangli liboslarda harakat qilmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика