So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  0 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  22 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  17 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

“Zomin” PFK: Birinchi o'quv yig'inini boshladi Yangiliklar

“Zomin” PFK: Birinchi o'quv yig'inini boshladi

Teglar :  Zomin
Joriy yilning 25 iyulidan boshlab, “Zomin” jamoasi O'zbekiston Birinchiligi-2016 musobaqalarining ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni boshladi.

Xabaringiz bor, “Zomin” jamoasi O'zbekiston Birinchiligi musobaqalarida 2012 yildan buyon uzluksiz ishtirok etib kelmoqda. Jamoa ikkinchi bosqichdagi ishtirokida esa 2014 yildan buyon qatnashib kelmoqda.

Jamoa mavsumga allaqachon tayyorgarlikni boshlagan. Hozircha musobaqa jadvalining birinchi bosqich natijasiga ko'ra, jamoa 10-o'rinda bormoqda. Jamoa tarkibida o'zgarishlar etarlicha. Bir necha yildan beri jamoaning asosiy himoyachisi bo'lib ulgurgan Ubaydullo Nabiev Samarqandning “Dinamo” jamoasi bilan shartnoma imzolagan bo'lsa, yana bir himoyachi Sirojiddin Allaev Malayziyaning Oliy ligasida ishtirok etayotgan jamoada faoliyatini davom ettirmoqda. Oliy ligada ishtirok etayotgan “Mutallurg” jamoasi tarbiyalanuvchisi hujumchi Sardorbek Inomjonov faoliyatini shu jamoada davom ettiradi. Ushbu yig'inda jamoa murabbiyi Asqar Umarov Oliy liga ishtirok etayotgan bir qator klublarning tarbiyalanuvchilarini ko'rikdan o'tkazmoqda.

Faoliyatini boshqa jamoalarda davom ettirayotgan futbolchilarimizga keyingi faoliyatlarida omadlar tilagan holda, klub va muxlislar nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Bugun soat 18-00da “So'g'diyona” yoshlari-“Zomin” nazorat uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Akmal Raxmatullaev   
“Zomin” PFK matbuot kotibi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика