So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

"So'g'diyona" so'nggi ikki uy uchrashuvini Jizzax shahrida o'tkazmaydi Yangiliklar

"So'g'diyona" so'nggi ikki uy uchrashuvini Jizzax shahrida o'tkazmaydi

Jizzax shahrida joylashgan "So'g'diyona" stadionida tamirlash ishlari boshlandi.

Klub rahbariyati tashrif buyuruvchi muxlislarga yaqin kelajakda qulaylik hozirlash maqsadida "So'g'diyona" stadionida uch yo'nalishda ish olib borishni rejalashtirgan:

• tribunalar sonini ko'paytirish;

• tribunalar ustini quyosh va yog'ingarchilikdan himoya qiluvchi tom bilan yopish;

• tribunalar ustini yopib turuvchi tom bo'ylab stadion yoritkichlarini o'rnatish. 

Liga muxlislar komforti uchun amalga oshirilayotgan ishlarni qo'llab-quvvatlaydi. Shuningdek, tribunalar ustini yopish tendenciyasi start olayotganligini mamnuniyat bilan qabul qiladi. 

Qayd etish kerak, avvalroq "So'g'diyona" stadionining drenaj, sug'orish va yoritish tizimi, shuningdek, maydon maysasi yangilangandi. Ayni vaqtda chim parvarishi yuzasidan ayrim kamchiliklar mavjudligi Ligaga malum. Kelajakda mazkur masala "Stadionlar reglamenti" bilan qayta tartibga solinishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, avvalroq "So'g'diyona" klubi uchun alohida baza bunyod qilingan bo'lib, 2025 yildan etiboran klub o'z akademiyasini shakllantirishni boshladi. Yani, "So'g'diyona" Liga talablari asosida bosqichma-bosqich tom manoda professional klubga aylanib bormoqda. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Liga "So'g'diyona" klubining so'nggi ikki uy uchrashuvi Zominda bo'lib o'tishiga ruxsat berdi. Bellashuvlar shanba va yakshanba kunlariga to'g'ri kelayotgani bu borada muhim rol o'ynadi. Noyabr oyida bu kunlarda uchrashuvlarni ertaroq boshlash imkoniyati mavjud. 

Biroq "Zomin" stadioni 2026 yilgi mavsumga ro'yxatdan o'tkazilishi uchun yana bir qator talablar amalga oshirilishi lozim. Zero "So'g'diyona" stadionidagi tamirlash ishlari ishchi reja bo'yicha 2026 yilning ikkinchi davrasiga qadar davom etishi katta ehtimol. Zomindagi stadionni 2026 yilgi mavsumga qabul qilish masalasida Liga keyinroq qo'shimcha malumot beradi.  

Malumot uchun, "So'g'diyona" 2 noyabr kuni Superliga doirasida "Qizilqum" klubini, 22 noyabrda esa "Bunyodkor" klubini qabul qiladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

   
28 okt 02:55:47
Abdulbosit Maxmudov
Tomi yopilsa zamonawiy qilib yopish kk shortanni stadionidek eski toyxona tomiday qilmasdan
   
27 okt 17:49:49
Soccerland777
Zoʻr yangilik!
   
27 okt 17:28:02
rustam
Молодцы Джизакцы! Пусть Бухарские руководство примет такие же меры комфорта для фк Бухоро. Успехов вам!
   
27 okt 16:55:01
Mahmud Ttww
Сўғдиёнада пул бор экан, жамоани ҳам кучайтириш керак.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика