Ulug'bek Asanbaev - "Zomin" vice-prezidenti
24 may 2024 12:00
Yangiliklar
Ulug'bek Asanbaev - "Zomin" vice-prezidenti
"Zomin" klubi oldiga yosh futbolchilarni tarbiyalash va terma jamoalarga munosib kadrlarni etkazib berish vazifasi qo'yilgan. Asosi 17-18 yoshli futbolchilardan tashkil topgan mazkur klub O'zbekiston kubogi guruh bosqichida "Lokomotiv" va "Qizilqum" kabi Superliga jamoalariga qarshi munosib o'yinlar namoyish etdi.
2024 yil mart oyida Asanbaev "Andijon" klubida maslahatchi lavozimini egallagan edi, uning vazifalariga selekciya va jamoa tarkibini shakllantirish kirardi.
Uning say-harakatlari tufayli "Andijon" 8 turdan keyin peshqadam "Navbahor"dan atigi 2 ochko ortda qolmoqda va O'zbekiston chempionati peshqadamlari orasida bormoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Asanbaev Qozog'istonning "Ordabasi" klubida selekciya va transferlariga javobgar edi. Yakunda ushbu klub o'z tarixida ilk bor Qozog'iston chempioni bo'lgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar