

Superliga. 10-tur
“So'g'diyona” – “Surxon” 5:2
Gollar: 11 - Lyupcho Doriev, 16 - Islomjon Qobilov, 54 - Zoir Jo'raboev, 61 - Feysal Mulich, 73 - Xumoyun Sherbo'taev, 76 - Stiven Chinedu, 89 - Aleksandar Bolevich
Zomin. “Zomin” stadioni. 19:00
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Dias Galeev
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Shohnur Yo'ldoshev
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Vladimir Nazarov
“So'g'diyona”: 18.Nikola Mirkovich, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islomjon Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 9.Feysal Mulich (29.Amirbek Saidov, 90+2’), 10.Javohir Qahramonov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev (7.Aleksandar Bolevich, 58’), 14.Lyupcho Doriev, 17.Ollabergan Karimov (42.Sardorbek Erkinov, 90+2’), 22.Abdulazizxon Abdurashidov (77.Oybek Nurmatov, 58’), 32.Nodirjon Soyibov (34.Dildosh Misiraliev, 66’).
Zaxira: 74.Bayram Najafaliev, 8.Suhrob Izzatov, 21.Toxirbek To'xtasinov, 70.Jasurbek Jaloliddinov.
“Surxon”: 25.Otabek Boymurodov, 3.Behruz Jumatov, 4.Nodirxon Nematxonov, 6.Behzod Shamsiev (77.Asadbek Karimov, 46’), 7.Dostonbek Tursunov (10.Sunnatilla Abdullajonov, 80’), 8.Xumoyun Sherbo'taev, 9.Stiven Chinedu, 11.Richard Fraydey (23.Komronbek Yusupov, 61’), 17.Sarvar Abduhamidov (18.Behruz O'ktamov, 26’), 22.Javohir Jo'raev (27.Muhammadali Musaxonov, 46’), 66.Behro'z Shaydulov.
Zaxira: 86.Davron Merganov, 14.Tohirjon Ashurbaev, 15.Diyor Ramazonov, 19.Farruxjon Qodirov.
Ogohlantirishlar: 24 - Feysal Mulich, 79 - Dostonbek Tursunov, 90+5 - Amirbek Saidov
🕛 90+5. O'yin yakunlandi.
90+4. Yana Bolevich! Darvozabonga yaqin masofada zarba berdi, Boymurodov to'pni qaytardi!
90+2. “Surxon” futbolchisining uzoqdan tepgan to'pi noaniq bo'ldi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90. Katta ehtimol bilan barchasi hal bo'ldi. Jizzaxliklar mavsumdagi ikkinchi uch ochkosini qo'lga kiritmoqda.

⚽️ 89. GOL! Bolevich hisobni yiriklashtirdi! Mulichning uzatmasini Aleksandr darvozaga yo'lladi va gol urdi!
87. O'yin tempi tushib qoldi ancha, ikki jamoada ham hujumlar keskin kamaygan.
83. Chinedu “So'g'diyona” jarima maydonchasida yiqildi, biroq penalti belgilanmadi.
78. O'ktamovning zarbasi noaniq bo'ldi. “Surxon” jonlanmoqda!
77. Dahshat! Intriga qaytyaptimi? Kuzatamiz.
⚽️ 76. GOL! Chinedu hisobni qisqartirmoqda! Chapdan uzatilgan to'pni legioner hujumchi zarba berib, gol urdi!
74. Kambek? Ulgurarmikin “Surxon”?
⚽️ 73. GOL! “Surxon” hisobni biroz qisqartirdi! Xumoyun Sherbo'taevning uzoq masofadan tepgan to'pi golga aylandi!
68. Yana Bolevich! Darvozabon bilan birga-bir chiqib borib, darvozabon bilan to'qnashib yiqildi, hakam penalti belgilamadi.
67. Bolevichning erlatib tepgan to'pi noaniq bo'ldi.
62. Xo'o'o'o'o'sh, buyog'iga mehmonlar qanaqadir reakciya ko'rsata olarmikin? Qiziq…

⚽️ 61. GOL! Mulich hisobni yanada yiriklashtirdi! Dorievning chap qanotdan uzatgan to'pini Feysal ajoyib tarzda darvozaga joylab qo'ydi!
57. Mulich!!! Doriev oldinga yurish qilib Feysalni to'p bilan taminladi, Mulichning zarbasini darvozabon qaytardi!
56. Surxondaryoliklar endi sekin-asta hujumga intilmoqda.

⚽️ 54. GOL! Zoir Jo'raboev hisobni yiriklashtirdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Jo'raboev darvozaga yo'lladi!
53. Doriev o'ng qanotdan yurish qildi va burchak zarbasi ishlab oldi.
46. Mehmonlar bo'limni ikki nafar o'zgarish bilan boshladi. Shunday qilib jamoa hozirgacha jami uchta o'zgarishni amalga oshirdi.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
🕘 45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+2. Jo'raqo'ziev juda yaqin masofadan darvozaga aniq zarba berdi, Boymurodov super seyv ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan qaytardi!
45. O'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.
44. Havolatib uzatilgan to'pni Qobilov bosh bilan zarba berdi, to'p raqib futbolchisiga tegib maydonni tark etdi.
35. Dorievning erlatib bergan zarbasi aniq bo'ldi, to'pni Boymurodov ushlab oldi.
29. Dostonbek Tursunovning zarbasi sherigi Chineduga tegib, noaniq bo'ldi.
26. “Surxon” birinchi bo'limdayoq o'zgarish amalga oshirdi. Abduhamidov o'rniga O'ktamov tushdi.
🟨 24. Yo'q, Mulich raqibiga ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
23. Ana xolos, “So'g'diyona” futbolchisiga qizil kartochka berilishi mumkin, holat VARda ko'rilmoqda.
17. Zo'r boshladi jizzaxliklar, buyog'iga mehmonlar nima qiladi, kuzatamiz.

⚽️ 16. GOL! Islomjon Qobilov hisobni oshirdi! Jo'raqo'zievning zarbasini darvozabon qaytardi, ikkinchi zarbani Qobilov berdi va gol urdi!
15. Jizzaxliklar gol urgach ham tinmayapti, hujumlar soni oshmoqda.
14. Hammasi joyda, gol inobatga olindi, o'yin davom etadi, hisob - 1:0.
12. Qiziq, gol urilgan vaziyat VAR orqali ko'rib chiqilmoqda.

⚽️ 11. GOL! Dorievdan super gol! Lyupchoning chamasi 25 metrlardan bergan zarbasi darvoza to'ridan joy oldi!
10. Jo'raqo'zievdan zarba, Boymurodovdan seyv! “So'g'diyona” futbolchisi yaxshi vaziyatni qo'ldan boy berdi.
6. Dorievning ajoyib uzatmasidan so'ng Mulich darvozaga zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi!
🕛 1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 10-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Surxon” uchrashuvining matnli translyatsiya kuzatib borishga taklif etamiz!



