"Zomin" futbolchisi Abdumutal Tursunqulov: "Qaerdadir omad, qaerdadir kuch etishmadi"
19 sen 2020 21:33
Yangiliklar


"Zomin" futbolchisi Abdumutal Tursunqulov: "Qaerdadir omad, qaerdadir kuch etishmadi"
Pro liganing 7-turidan o'rin olgan "Zomin" - "Xorazm" (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar yarim himoyachisi Abdumutal Tursunqulov o'z fikrlarini bildirdi.
"Qiyin o'yin bo'ldi. "Xorazm" ham bizga o'xshagan jamoa edi. G'alaba qozonishga harakat qildik ammo iroda etishmadi va uchrashuv so'nggida gol o'tkazib yubordik. Qaerdadir omad, qaerdadir kuch etishmadi.
Hisobda oldinga chiqib olganimizdan keyin himoyani o'ylaganimiz rost, bu istalgan jamoada bo'ladi. Bundan tashqari "Xorazm" pala-partishlikdan keyin gol urib hisobni tenglashtirdi", - deydi Tursunqulov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar