

"Qiyin o'yin bo'ldi. "Xorazm" ham bizga o'xshagan jamoa edi. G'alaba qozonishga harakat qildik ammo iroda yetishmadi va uchrashuv so'nggida gol o'tkazib yubordik. Qayerdadir omad, qayerdadir kuch yetishmadi.
Hisobda oldinga chiqib olganimizdan keyin himoyani o'ylaganimiz rost, bu istalgan jamoada bo'ladi. Bundan tashqari "Xorazm" pala-partishlikdan keyin gol urib hisobni tenglashtirdi", - deydi Tursunqulov.



