Zoir To'raqulov: “Muborakda xalq uchun futboldan boshqa narsa yo'q”
03 noy 2014 07:54
Yangiliklar
Zoir To'raqulov: “Muborakda xalq uchun futboldan boshqa narsa yo'q”
Qashqadaryodagi taniqli murabbiylardan biri Zoir To'raqulov bilan Muborakda uchrashdik. “Mashal” – “Nasaf” uchrashuvini kuzatish asnosida 53 yoshli murabbiy bilan suhbatlashdik.
Aytish lozimki, Zoir aka o'z vaqtida Muborak jamoasida o'ynagan. Avvalo murabbiy bilan shu haqda suhbatni boshladik.
- Ilgari “Mashal” jamoasida futbolchi sifatida xizmat qilganman – deya gap boshladi To'raqulov. Lekin hozircha murabbiy sifatida ishlash hozircha nasib etmadi. 1993 yildan to 1995 yilga qadar shu erda o'ynadim. Jamoa u paytlar birinchi ligada ishtirok etardi. 1995 yili kuchlilar safiga chiqqanmiz. Oliy ligadagi debyut mavsumning boshida 5ta o'yinda ishtirok etdim. Keyin yana birinchi liga ishtirokchisi “Dinamo-Nasaf”ga ketganman. Xullas 38 yoshimga qadar futbol o'ynaganman.
- “Mashal”da o'ynagan yillaringizni eslasak. O'sha paytlarda qaysi murabbiylar bilan birga ishlagansiz?
- Murabbiylar shtabida Vyacheslav Xan, Abduraxmon Yumangulov, Boris Serastanov faoliyat yuritgandi. Albatta ular bilan birga ishlash menga oson bo'lgan. Sababi Xan va Yumangulov bilan ungacha birga futbol o'ynaganmiz. Ular futbolchilikni yakunlab endi-endi murabbiylikni boshlayotgan kezlar edi. SHunga qaramay murabbiy sifatida yomon ishlashmagan. Jamoada tartib-intizom bo'lgan. Hamma o'z ishiga jiddiy yondoshgan. Biroq jamoa oliy ligaga chiqqanidan so'ng rahbariyat boshqaruv postiga Valeriy Lyotkinni olib kelishga qaror qilgandi. Jamoa boshlig'i sifatida Sergey Kobakov ishlagan. Albatta Nuriddin aka Zaynievning ham yordami katta bo'lgan.
- Klubda yaratilgan sharoit va jamoaga bo'lgan etibor qandan edi?
- Etibor yuqori bo'lgan. Lekin sharoitlarni hozirgidek deb bo'lmaydi. O'sha yillardagi klublar miqyosida olib qaraydigan bo'lsa, “Mashal” boshqa klublardan sharoit bobida qolishmasdi. Oylik va mukofot pullarini olishda hech qanday muamo bo'lmagan. Futbolchilarni ovqatlanish jarayoni ham ko'ngildagidek kechgan. Klub qarorgohi vagonchalardan iborat edi. Uni ichida barcha qulayliklar bo'lgan. Xuddi uy kabi edi.
- Birorta yodda qolgan qiziq voqeani aytib bersangiz?
- (Biroz o'ylanib) Mayli, qaysi yilda bo'lganini aniq eslay olmasamda bir voqeani aytaman. “Qizilqum” bilan o'ynash uchun Navoiyga borishimiz kerak edi. Mehmonxonalar band bo'lgan. Tunda etib borganmiz. SHunda ham jamoamiz boshlig'i Kobakovning ishbilarmonligi muhim o'rin tutgan. O'shanda Sergey Mixaylovich Navoiy viloyati hokimi bilan telefon orqali bog'lanib mehmonxona masalasini hal etib bergandi.
- Bugungi kundagi “Mashal” to'g'risida fikringiz qanday?
- Jamoa oliy ligaga qaytib mavsumni 5-o'rinda yakunlaydigan bo'ldi. Buni qoniqarli desa bo'ladi. Klub o'z yo'nalishiga ega. Qolaversa bu jamoaning eng katta yutug'i bu Muborakdagi akademiyaning yaxshi ishlayotganidir. Ko'ring bu yil tarkib asosan yoshlardan tashkil topdi. Yoshlar jamoasi esa mavsum-2014 chempioni bo'ldi. Bilsangiz ilgari akademiyada xorijlik va Toshkentdan mutaxassislar kelib ishlagan. Nazarimda ularning ishni to'g'ri yo'lga qo'yib ketishgani hozir o'z samarasini bermoqda. Bundan tashqari bugungi kunda akademiyada faoliyat olib borayotganlarning ham to'g'ri yo'nalishdan ketayotganini takidlash lozim. Ilgari muboraklik futbolchilar kam bo'lganligi uchun boshqa viloyatdan o'yinchilarni taklif etishgandi. Akademiya ishga tushgach bunga asta-sekin chek qo'yilmoqda. Yani “Mashal” safida garchi mahalliy futbolchilar deb bo'lmasada, o'zining akademiyasida tarbiya topgan yigitlar o'ynashni boshladi.
- Siz bilan suhbatlashganda Kamoliddin Kenjaev haqida so'ramasak bo'lmaydi. Boisi ushbu sobiq futbolchi bilan ilgari birga ishlagansiz. Yaqinda Kenjaev uchun akciya boshlandi. Bundan xabaringiz bo'lsa kerak?
- Ha, akciya boshlanganini bilaman. Tadbir kuni qachonga belgilandi?
- 22 noyabr kuni Qarshi shahridagi “Geolog” stadionida, Toshkentda esa 29 noyabr kuni o'tkaziladigan bo'lmoqda?
- Bu yaxshi. Har ikkisida ham ishtirok etishga xarakat qilaman. 30 noyabr kuni tug'ilgan kunim. Qolaversa shu kunga kichik o'g'limni ham nikox to'yi belgilangan. SHunga qaramay Kenjaev tadbiri uchun vaqt ajratishga urinaman.
- Kamoliddin birga ishlagan shaxs sifatida nima degan bo'lardingiz? U sizda qanday taassurot qoldirgan?
- Inson va futbolchi sifatida ham yaxshi bola bo'lgan. Tartib intizomli va anchagina kamtar yigit. Mashg'ulotlarda o'z ustid ko'p ishlardi. 18-20 yoshidayoq asosiy tarkibda o'ynay boshlagan va ko'p o'tmay hattoki terma jamoa yig'inlariga ham taklif ola boshlagandi. O'sha kezlarda “Nasaf”ning himoya chizig'ida tajribali o'yinchilar yig'ilgan. Tabiiyki raqobat ham shunga monand bo'lgandi. Afsuski kutilmagan aftohalokat tufayli Kamoliddin bir umrga nogiron bo'lib qoldi. Buni eslash barchamiz uchun yoqimsizdir. Kenjaev bundan keyin uzoq-umr tilayman.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar