Zoir To'raqulov: "Kubok o'yinlari biz uchun ikkinchi darajali emas"
19 mar 2016 12:09
Yangiliklar


Zoir To'raqulov: "Kubok o'yinlari biz uchun ikkinchi darajali emas"
Xabaringiz bor, 19 mart kuni G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi O'zbekiston Kubogining 1/16 final doirasida, Andijonning “O'zDongJu” jamoasiga qarshi safarda kurash olib boradi.
Ushbu uchrashuv oldidan g'uzorliklar bosh murabbiyi – Zoir To'raqulov o'yinoldi fikrlari bilan bo'lishdi:
“Biz uchun kubok o'yinlari chempionatniki kabi birdek ahamiyatga ega. Har bir musobaqada yaxshi o'yin ko'rsatib, natijalarga erishish uchun harakat qilamiz. Andijonga yaxshi kayfiyatda etib keldik. O'z o'rnida shuni aytib o'tishim kerak-ki, “O'zDongJu” - birinchi liganing etakchi jamoalaridan biri va uni kuchsiz raqib deya olmayman. Bugungi o'yinda esa raqibga ustun ekanligimizni ko'rsatish uchun o'ynaymiz”.
"SHo'rtan" PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar