So’nggi yangiliklar

01:11"Ал Ҳилол" устози: "Биз ушбу мусобақанинг финал баҳсида ўйнашни мақсад қилганмиз"  1 00:04"Ювентус" - "Верона". Таркиблар билан танишинг  0 23:40Пицца тайёрловчи компания МЮ устидан кулди  6 23:11Озарбайжон. Абдихолиқов тўлиқ ўйнади, Жалолиддинов захирадан баҳсга қўшилди  2 22:58ОФК ЭЧЛ. Эрондаги баҳсда гол киритилмади, Машарипов захирадан майдонга тушди  3 22:34“Ал Ҳилол”нинг мусулмон футболчилари рўза тутишмоқдами?  9 21:53FA Гвардиоланинг Англия Кубогидаги тўп ҳақидаги шикоятларига жавоби: "У ФИФА талабларига мувофиқ синовдан ўтказилди"  1 21:38Гвардиолага Англия Кубогидаги тўплар ёқмаяпти  1 20:39Футбол олами. Суперлига-2025'га ким қандай тайёрланди?  2 20:25"Истиқлол" - "Ал Насср". Таркиблар эълон қилинди  7 19:48"Ал Ҳилол" Собослаи учун 120 млн евро тўлашга тайёр  7 19:22ФИФА Покистон футбол федерациясига нисбатан қўлланган санкцияларни бекор қилди  0 18:56Роналду ким(лар)га ҳавас қилган?  14 18:28Венгер "Олтин тўп" учун 3 нафар асосий даъвогар номини айтди  22 17:59"Арсенал" ҳужумчисини сотиши мумкин  2

Zohir Qo'ziboev: “Nasaf”ga o'tishimning boisi OCHLda o'ynash ishtiyoqi kuchlilik qildi” Yangiliklar

Zohir Qo'ziboev: “Nasaf”ga o'tishimning boisi OCHLda o'ynash ishtiyoqi kuchlilik qildi”

Yaqinda “Nasaf” o'z safiga tajribali hujumchi Zohir Qo'ziboevni qo'shib oldi.

Endilikda “Mashal”ning sobiq futbolchisiga aylangan Qo'ziboev bu yil OCHLda debyut qilishga yaqin turibdi. Yaqinda Zohir bilan suhbatlashib, ayrim savollarga javob oldik.

- Zohir aka, garchi o'tgan yili sermahsullik ko'rsata olmagan bo'lsangizda, “Nasaf”dan taklif bo'ldi. Bu siz uchun kutilmaganda yuz berdimi yoki qandaydir chorlov bo'lishiga umid bormidi?
- To'g'risi, kutmagandim. 2015 yilning 31 dekabr kuni “Mashal” bilan amaldagi shartnomam nihoyasiga etishini bilgan “ajdarlar” menga taklif bilan chiqdi. O'zim qashqadaryolik bo'lganim uchun ham nafaqat viloyatimizning balki mamlakatimizdagi etakchi klublaridan biri bo'lgan “Nasaf”ni taklifini rad etib bo'lmasdi. Viloyatning bosh jamoasida o'ynash men uchun sharaf.  

- “Nasaf”ning taklifi yana nimasi bilan sizni o'ziga jalb etdi?
- Jamoa bu yil ham Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadi. Menimcha har qanday futbolchi bu kabi nufuzi yuqori bo'lgan chempionatda o'ynab o'zini ko'rsatishga intiladi. Qolaversa “Nasaf” ichki chempionatda ham sovrinli o'rinlar uchun kurashib olib boradi. Men ham bu yil “ajdarlar” bilan sovrinlarni yutishni istaganim uchun taklifni qabul qildim. OCHLda o'ynab yana milliy terma jamoadan chaqiruv olishga bor kuchim bilan xarakat qilaman.

- Yangi jamoangizda shug'ullanayotganingizga ham ancha bo'ldi. Xo'sh, dastlabki taassurotlar qanday?
- Jamoa meni yaxshi qabul qildi. Bu erda ko'plab futbolchilar bilan oldindan salom-aligimiz bor edi. Ayrimlari bilan esa birga o'ynaganman ham. Yangi muhitga moslashib ketishimda bu ham menga juda qo'l keldi.

- Berdiev va Xomyakovning mashg'ulotlarini taqqoslab ko'rdingizmi?
- Har bir mutaxassisning futbolga o'z qarashi bo'ladi. Mashg'ulotlar o'rtasida albatta farq sezildi.  

- “Nasaf”da sizni yanada jiddiy raqobat kutib turibdi. Buni ayni damda o'zingiz ham yaxshi tushunib turgan bo'lsangiz kerak?
- Ha. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. “Nasaf”da tajribali hujumchilar yig'ilgan. Albatta kimning maydonga tushirishni murabbiy hal qiladi. Men o'z ustimda yanada ko'proq ishlab, bu erda ham asosiy tarkibda o'ynamoqchiman.

- Bu yil o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ymoqdasiz?
- OCHLda o'ynab o'zimni ko'ratmoqchiman. “Nasaf”ga gollarim bilan yordam berish uchun keldim. Kamida 2014 yilgi natijamni takrorlashga xarakat qilaman. Nasib qilsa bunga erishaman.

- Darvoqe, “Mashal” siz uchun qadrdon jamoaga aylanib qolgandi. “Gazchilar” ham sizni osonlikcha qo'yib yubormagandir?
- Haqiqatdan ham “Mashal”da uch yil o'ynadim. Bu vaqt oralig'ida jamoa men uchun huddi ikkinchi uyimdek bo'lib qolgandi. Klubdagi barcha xodim va futbolchilar bilan iliq munosabat o'rnatganmiz. Muborakda o'ynab futbolchi sifatida yanada shakllandim deb o'ylayman. Buning uchun rahbariyat va murabbiylarga minnatdorchilik izhor etmoqchiman. Albatta menga shartnomani uzaytirish taklifi bo'lgandi. Lekin yanada o'sishga erishishni istaganim uchun “Nasaf”ga ko'chib o'tishga qaror qildim.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика