"Dinamo" Muydin Mamazulumov, Zohir Qo'ziboev va Akmal Bozorov bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2018, 10:54
Pro-Liga ikkinchi davrasidan keyin Dinamo jamoasi safida bir qator o'zgarishlar kuzatildi.

PFL 18 iyundan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat bergach, “Dinamo” tarkibiga 5 nafar yangi futbolchi - Akmal Xolmurodov (“So'g'diyona”), Abbosbek Jumaqulov, Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Pavel Purishkin (“Metallurg”) va Dilmurod Karimov (“So'g'diyona”) kelib qo'shilganligini va ular bilan 2019 yil yakuniga qadar shartnoma imzolanganligini e'lon qilgan edik.

Shu bilan birga yana bir qator futbolchilar bilan o'zaro shartnomalar bekor qilindi. Jumladan, Muydin Mamazulumov, Zohir Qo'ziboev, Akmal Bozorov, Aziz Suyunov, Rustam Toshturdiev singari futbolchilar bilan rasman do'stona xayrlashildi. Yosh himoyachi Humoyun Tolibov esa “Sherdor” klubiga ijaraga berildi.

“Dinamo” klubi ushbu futbolchilarga jamoadagi faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatlariga omad tilab qoladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz