Zohir Qo'ziboev "Sho'rtan" mashg'ulotlariga qo'shildi

Xayrulla Xoliqov
15 fev 2018, 12:34
Ayni paytda G'uzorning "Sho'rtan" klubi yangi mavsum bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Kecha o'z qarorgohida navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlagan "Oq bo'rilar" safiga “Mashal” jamoasidagi o'yinlari bilan  yodda qolgan Zohir Qo'ziboev kelib qo'shildi. Bu haqda qashqadaryolik muxbirimiz Faxriddin Choriev xabar bermoqda.

Shuni takidlash joiz, jamoa mashg'ulotlarini Asror Aliqulov olib bormoqda. Yana bir yangilik, Toshkentda "Andijon" mashg'ulotlarida ko'rinish bergan yosh darvozabon Alibek Turobov ham "Sho'rtan"ga qaytdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia