Zohir Qo'ziboev "Dinamo" bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
2 apr 2018
Pro-Liga bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan “Dinamo” jamoasi bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.

Xususan, o'tgan haftada jamoa safiga yangi kelib qo'shilgan so'nggi futbolchi Zohir Qo'ziboev bo'ldi. Qashqadaryolik bo'ydor hujumchi so'nggi mavsumlarni Muborakning “Mashal” klubi safida o'tkazayotgan edi. Tajribali futbolchi “Dinamo” bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

“Dinamo” hujumchi sifatida, shuningdek, Amirjon Safarov, Muydin Mamazulunov, Maradona Safarovni ham PFL “zayavka”sidan o'tkazgan.

Eslatib o'tamiz, Samarqand klubi Pro-Liga 1-turi doirasidagi dastlabki o'yinni 6 aprel, juma kuni Haqqulobodda “Norin” jamoasiga qarshi o'tkazadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz